toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XIZMAT TURAR JOYLARI OLISh HUQUQIGA EGA BOʻLGAN ShAXSLAR ROʻYXATIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tuman, shahar ichki ishlar boʻlim (boshqarma)lari boshliqlari hamda shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiya xodimlari uchun ular xizmat oʻtayotgan hududlarda qulay yashash sharoitlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatida:
a) 16-band “organlarining” soʻzidan keyin “tuman, shahar ichki ishlar boʻlim (boshqarma) lari boshliqlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 17-band “organlarining” soʻzidan keyin “shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiya xodimlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 8-noyabr,
247-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 384-modda)