toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 03.11.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, texnik chigitdan foydalanish samaradorligini oshirish, yogʻ-moy sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yanada toʻliq yuklashni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 7-sentabrdagi PQ-1401-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda yogʻ-moy sanoati korxonalarining texnologik jihozlanish holati, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligi, texnik chigitni qayta ishlash texnologik reglamentlariga rioya etilishi tanqidiy oʻrganib chiqildi;
rahbar xodimlar attestatsiyadan oʻtkazildi hamda tarmoq korxonalarini mazkur sohada tegishli bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislar bilan taʼminlash chora-tadbirlari koʻrildi;
oʻtkazilgan tahlil asosida texnik chigitni qayta ishlovchi yogʻ-moy tarmogʻi korxonalarining sonini yanada maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 7-sentabrdagi PQ-1401-son qarorining yangilangan 1-ilovasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qarorining 2-bandidagi “va yogʻ-moy” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-noyabr,
PQ-1427-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 377-modda; 2017-y., 2-son, 26-modda)