Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil qilishni takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 2-avgustdagi PQ-143-son
qaroriga muvofiq va Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2006-yilda Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markaziga Markazning asoslangan hisob-kitoblariga binoan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va bitta yengil avtomashina sotib olish uchun Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin;
2006-yildan boshlab har yili Davlat budjetidan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining Toshkent shahar, A.Qayumov koʻchasi, 2-uyda joylashgan binosining joriy taʼminoti uchun Markazning asoslangan hisob-kitoblariga binoan zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markaziga ikkita yengil xizmat avtomashinasi taʼminoti uchun limit belgilansin.
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazini uning buyurtmanomasiga binoan zarur telefon aloqasi, shu jumladan Hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.