Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Sihat-salomatlik yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida Samarqand viloyat sil kasalliklari dispanserining shart-sharoitlarini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining Samarqand tumani, Mironkoʻl shaharchasida joylashgan oʻquv-tajriba markazi bino va inshootlari kompleksini keyinchalik unga viloyat sil kasalliklari dispanserini joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi balansidan Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi balansiga bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi koʻrsatib oʻtilgan obyektning belgilangan tartibda bepul berish-qabul qilib olinishini taʼminlasinlar.
3. Samarqand viloyati hokimligi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi balansiga oʻtkazilayotgan oʻquv-tajriba markazi bino va inshootlari kompleksini homiylar mablagʻlarini jalb etgan holda tegishli ravishda rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni amalga oshirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi balansiga oʻtkazilayotgan obyektni zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlashda yordam koʻrsatsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A.Golishev va Samarqand viloyati hokimi M.B.Nurmurodov zimmasiga yuklansin.