1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.11.00 Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari;
2.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
QIMMATBAHO METALLAR, BARChA TURDAGI QIMMATBAHO TOShLAR VA VALYUTA BOYLIKLARI SAQLANIShI TAʼMINLANMAGANLIGI VA ULARDAN OQILONA FOYDALANILMAGANLIGI UChUN MODDIY JAVOBGARLIK ChORALARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 161-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1995-yil 12-iyuldagi 55-son bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar, barcha turdagi qimmatbaho toshlar va valyuta boyliklari saqlanishi taʼminlanmaganligi va ulardan oqilona foydalanilmaganligi uchun moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 161, 1995-yil 20-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-sentabr,
81-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-sentabr,
2010-33-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 359-modda)