Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Umumxalq bayrami — 9-may — Xotira va Qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 59 yilligi, 2004-yilning “Mehr va muruvvat yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan va urush qatnashchilarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga 18000 (oʻn sakkiz ming) soʻm miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti belgilansin.
2. Ushbu qarorni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati mazkur pul mukofotlarining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini taʼminlasinlar.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va shaʼni himoyachilariga bagʻishlangan maxsus uchrashuvlar va maʼrifiy-badiiy kechalar oʻtkazsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizxoʻjayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.