1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
NEFT MAHSULOTLARINI SOTIShDA TARTIB OʻRNATISh VA TARMOQNI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekistonda neft mahsulotlari bilan taʼminlash sohasida obyektiv ravishda ogʻir ahvol vujudga keldi. Respublika har yilgi isteʼmol qilinadigan neftning 80 foizigacha qismini MDH mamlakatlaridan olib kelishga majburdir. Bu mamlakatlarda neft mahsulotlari hamda boshqa energiya manbalarining narxi muttasil keskin oshib bormoqda.
Shunday sharoitda neftni qayta ishlash mahsulotlarini sotiщda respublika Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat komiteti tizimida ildiz otgan suiisteʼmolchilik, talon-taroj va sabotaj hollariga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Toshkent shahridagi, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi avtomobillarga yonilgʻi quyish tarmoqlarini bir vaqtning oʻzida tekshirish neft mahsulotlarini saqlash va ajratib berish borasida belgilangan qoidalar qoʻpol ravishda buzilayotganligini, davlatni va fuqarolarni aldash hollari aniqlandi.
Respublika Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat komiteti viloyat boʻlinmalari rahbarlarining yoʻl qoʻyib berishlari natijasida koʻpgina yonilgʻi qoʻyish tarmoqlarida neft mahsulotlarining narxlari toʻgʻrisida axborot xizmati durust yoʻlga qoʻyilmagan, oʻlchov asboblari yoʻq, texnikaviy ishlatish xavfsizlik qoidalari qoʻpol suratda buzilmoqda. Bularning hammasi toʻgʻridan toʻgʻri shunga imkoniyat yaratmoqdaki, yonilgʻi qoʻyish tarmoqlarining ayrim xodimlarini qonunni poymol qilib shaxsiy boylik orttirish va moʻmay foyda olish maqsadida davlat mulkidan foydalanmoqdalar.
Yuqorida koʻrsatilgan hamda boshqa kamchiliklar asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu sohaning ishi taʼsirchan va qattiq nazorat qilinmayotganligi, shuningdek respublika Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat komiteti (oʻrtoq Y.T. Moʻminov) va uning joylardagi boʻlinmalari rahbariyatining shaxsan masʼuliyatsizligi oqibatida yuzaga kelgan. Energiya manbalari nihoyatda taqchil boʻlib turgan sharoitda viloyat, shahar va rayon hokimliklari bu muhim ishdan oʻzlarini batamom chetga oldilar. Bu hokimliklar neft mahsulotlarining davlat zaxiralari talon-taroj qilinishidan iborat koʻpdan koʻphollarning oldini olish va ularga chek qoʻyish uchun oʻz vaqtida chora koʻrmayaptilar.
Respublika xalq xoʻjaligi va aholisini neft mahsulotlari bilan taʼminlashdagi salbiy holatlarni tag-tomiri bilan tugatish, shuningdek bozor munosabatlari sharoitida mazkur tizimni boshqarishni tubdan qayta qurish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat komiteti tugatilsin. Uning hududiy boʻlinmalari, korxonalari va tashkilotlari negizida Oʻzbekiston neft mahsulotlari davlat aksionerlik (hissadorlik) birlashmasi tashkil etilib, u “Oʻzbekneftegaz” konserni tarkibiga kiritilsin.
Belgilab qoʻyilsinki “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi:
— yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan respublika davlat hissadorlik birlashmasi hisoblanib, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan amaldagi Ustavga hamda qonunlarga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish va toʻla xoʻjalik hisobi qoidalari asosida amalga oshiradi;
— birlashma tarkibiga kirgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar davlat mulkini boshqaradi hamda egalik qilish va foydalanish huquqini amalga oshiradi.
2. Oʻzbekiston davlat hissadorlik birlashmasi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish yuklansin:
respublika xalq xoʻjaligi va aholisini neft mahsulotlari bilan taʼminlashning bozor munosabatlarini hamda iqtisodiy boshqarish usullarini rivojlantirishga asoslangan tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
“Oʻzshartnomasavdo” va Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash statistika davlat komiteti bilan birgalikda ehtiyojlarni oʻrganish barcha turdagi neft mahsulotlarining balanslarini ishlab chiqish va davlat ehtiyojlari uchun ularni ishlab chiqarish hamda yetkazib berish topshiriqlarini belgilash;
tarmoq korxonalarini muvofiqlashtirish va mutanosib tarzda joylashtirish, neft quvurlari, neft 6azalari va yonilgʻi-quyish stansiyalari samarali shoxobchasini vujudga keltirish, respublika va hududiy boshqa idoralari bilan mustahkam hamkorlik asosida tarmoqlararo vazifalarini hal etish;
tizimni rivojlantirishning ustuvor muammolarini hal etishga, neft mahsulotlarini tashish, saqlash va joʻnatish jarayonlarida yangi texnika texnologiyalarni qoʻllanishga, jumladan idoralarga qarashli korxonalar va tashkilotlarda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini barpo etishga qaratilgan ilgʻor ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini oʻtkazish;
neft mahsulotlarining qoʻshimcha zaxiralarini qidirib topish, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi mamlakatlar bilan neft va uni qayta ishlash mahsulotlarini yetkazib berish toʻgʻrisida hukumatlararo bitimlar tayyorlash va tuzishga doir ishlarni yoʻlga qoʻyish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirish, xorijiy firmalar ishtirokida qoʻshimcha korxonalar tashkil etish;
tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash hamda uning kompleks dasturlarini amalga oshirish, idoralarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat idoralari va boshqa idoralarda ularning manfaatlarini ifodalash.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi respublika xalq xoʻjaligi va aholisi neft hamda neftni qayta ishlash mahsulotlari bilan oʻz vaqtida va uzluksiz taʼminlanishi uchun javobgar boʻladi;
“Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadilar;
birlashmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar boʻlinmalari rahbarlari “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi nomenklaturasida boʻladilar hamda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning tavsiyasiga koʻra uning hayʼat organi tomonidan tasdiqlanadilar.
4. Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida ushbu Farmon roʻyobga chiqarilishini taʼminlovchi qaror qabul qilsin, “Oʻzdavneftmahsulot” tuzilmasini va Ustavini tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 7-sentabr,
PF-470-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 423-modda)