Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Muborak Qurbon hayiti azaldan yurtimizda xalqimizga xos mehr va muruvvat, bagʻrikenglik va saxovat ifodasi boʻlib kelayotgani, ushbu ayyomda yoshi ulugʻ keksalarga hurmat-ehtirom, kam taʼminlangan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan va nogironlarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatish xayrli anʼana ekanini, bu sananing maʼnaviy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini eʼtiborga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitni dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida” 1991-yil 20-iyundagi 221-son
Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2004-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 1-fevralga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining qarori eʼtirof etilsin hamda mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.