Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” va “Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan zaxiraga boʻshatilsin.
2. 1975 — 1984-yillarda tugʻilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 2002-yilning oktyabr-noyabr oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qurolli Kuchlarni chaqiriluvchilar bilan sifatli butlash maqsadida joylardagi chaqirish komissiyalarining har tomonlama taʼminlanishini va samarali ishlashini tashkil etsinlar.
4 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (F.Gʻ. Nazirov) Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) bilan birgalikda chaqirish uchastkalarini zarur tibbiyot asbob-anjomlari va buyumlari bilan taʼminlasin, chaqiriluvchilarning laboratoriya tekshiruvlari sifatli oʻtkazilishini hamda ularning turli ixtisoslikdagi yuqori malakali vrachlar tomonidan har tomonlama tibbiy tekshirib koʻrilishini tashkil etsin.