Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram Qurbon hayitni dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida” 1991-yil 20-iyundagi 221-sonli
Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2002-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 22-fevralga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi murojaatini eʼtiborga olib, 2002-yil 22-fevral kuni dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Qurbon hayiti bayrami joylarda munosib tarzda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.