Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasida kichik va oʻrta biznesni yanada rivojlantirish hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Osiyo taraqqiyot banki direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga kichik va oʻrta korxonalar loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun umumiy miqdori 50 mln AQSH dollariga teng boʻlgan kredit berishni maʼqullaganligi;
kredit Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Osiyo taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi qarz bitimiga muvofiq berilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qayta kreditlash haqidagi bitimlarga hamda Osiyo taraqqiyot banki va banklar oʻrtasidagi loyiha bitimlari asosida 20 mln AQSH dollarini Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 15 mln AQSH dollarini “Asaka” bankiga va 15 mln AQSH dollarini “Paxta-bank”ga qayta kreditlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi 50 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki va “Paxta-bank” oʻrtasidagi qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash;
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisi vazifasini bajaruvchiga Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi 20 mln AQSH dollari miqdoridagi loyiha bitimini imzolash;
“Asaka” banki raisiga “Asaka” banki bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi 15 mln AQSH dollari miqdoridagi loyiha bitimini imzolash;
“Paxta-bank” raisiga “Paxta-bank” bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi 15 mln AQSH dollari miqdoridagi loyiha bitimini imzolash vakolati berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi yuzasidan, bitim belgilangan shaklda taqdim etilgan paytdan boshlab ikki hafta muddatda, yuridik xulosa bersin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.