Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“MEDIZ” QOʻSHMA KORXONASIDA BIR MARTA FOYDALANILADIGAN SHPRITSLAR ISHLAB CHIQARISHNI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Tibbiyot sanoatini yanada rivojlantirish va ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli tibbiyot buyumlari bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Mediz” qoʻshma korxonasi muassislari tarkibiga 1,17 mln YEVRO miqdoridagi ulushga ega boʻlgan yangi xorijiy investor — “Rhagmarlan GmbN” (Germaniya) firmasi jalb qilinganligi;
“Mediz” qoʻshma korxonasi va “Rhagmatech Rharma Maschinen GmbN” (Germaniya) firmasi oʻrtasida bir marta foydalaniladigan shpritslar ishlab chiqarishga moʻljallangan umumiy qiymati 7,81 mln YEVRO boʻlgan texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish va ularni montaj qilish yuzasidan kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash quyidagi tartibda:
1,17 mln YEVRO miqdoridagi kontrakt qiymatining 15 foizi “Rharmaplan GmbN” kompaniyasining “Mediz” qoʻshma korxonasi ustav fondiga qoʻshilgan ulushi hisobiga;
6,64 mln YEVRO miqdoridagi kontrakt qiymatining 85 foizi xorijiy bank mablagʻlarini “Germes” eksport-kredit agentligining sugʻurta qoplamasi ostida qayta moliyalash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda kredit bitimini tuzsin va kredit mablagʻlarining “Mediz” qoʻshma korxonasiga, marjani koʻpi bilan yiliga 0,5 foiz miqdorida belgilagan xolda, qayta moliyalanishini taʼminlasin.
4. “Mediz” qoʻshma korxonasi:
asosiy qarzni, foizlar, vositachilik haqi va kredit bitimi shartlariga koʻra xorijiy kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarning ishlab chiqarish faoliyati hisobiga ilovaga
* muvofiq qoplanishini taʼminlasin;
asbob-uskunalarning yetkazib berilishi, montaj qilinishi, sozlanishi-ishga tushirilishi va mutaxassislarning oʻqitilishi ustidan puxta nazorat tashkil etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Vank Gesellshaft Berlin” xorijiy banki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha, shuningdek “Mediz” qoʻshma korxonasining toʻlov majburiyatlari boʻyicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kredit beruvchi xorijiy bank oldidagi kafolati yuzasidan banklararo bitimga ilovada belgilangan shakl boʻyicha yuridik xulosa bersin.
7. Loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirilayotgan xarajatlarni kamaytirish va zavodning mahsulotni sotish narxlarini kamaytirish maqsadida “Mediz” qoʻshma korxonasi import qilayotgan texnologiya asbob-uskunalari, texnika hujjatlari, shuningdek bir marta foydalaniladigan shpritslar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlarini barpo etish doirasidagi bosh montaj va sozlash-ishga tushirishga oid ishlar boj toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi mazkur loyihani Xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 2001-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV