Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini markazlashtirilmagan holda eksport qilishni yanada kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-iyuldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini respublika tashqarisiga chiqarishning vaqtinchalik tartibining amal qilishi 2000-yil 15-oktabrgacha uzaytirilsin.
2. Jismoniy va yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan hoʻl meva-sabzavot mahsulotlari markazlashtirilmagan holda eksport qilinganda, shu jumladan, konsignatsiya shartlarida va barter asosida eksport qilinganda ularga Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-iyuldagi 261-son qarorida belgilangan shartlar va beriladigan imtiyozlar 2000-yil 15-oktabrgacha saqlab qolinsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.