|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026
|
Hujjat 20.08.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
| T/r |
Tadbirlar mazmuni |
Bajarish muddatlari | Bajarish uchun masʼullar |
| 1. Filial faoliyatini tashkil etish masalalari | |||
| 1. | Filialning shtat jadvali va xarajatlari smetasini tasdiqlash. | 2010-yil avgust | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| 2. | Tanlov asosida Filialni yuqori malakali kadrlar bilan butlash. | 2010-yil avgust | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Buxoro davlat universiteti |
| 3. | Filialning Homiylik kengashi tarkibini tasdiqlash, unga kadrlarning potensial isteʼmolchilari — viloyat korxonalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralar vakillarini kiritish. | 2010-yil sentabr | Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| 4. | Filialning talabalari uchun amaliyot bazasini yaratish, Filial kadrlarining isteʼmolchilari hisoblangan viloyat korxonalari va tashkilotlari amaliyotini tashkil etish uchun masʼullarni biriktirish. Korxonalar va loyiha-qidiruv muassasalarida kafedralarning filiallari, boʻlimlarini tashkil etish. | 2010-2011-yillar | Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| 2. Filialning moddiy-texnika bazasini tashkil etish va mustahkamlash | |||
| 5. | Nuqsonlarga doir dalolatnoma tuzish natijalari boʻyicha Filial binolarini taʼmirlash uchun zarur mablagʻlar ajratish. | 2010-yil avgust | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
| 6. | “Gidravlika va gidrotexnik inshootlar”, “Nasos stansiyalari, energetika va aloqa”, “Melioratsiya”, “Hayot faoliyati xavfsizligi” oʻquv auditoriyalarini taʼmirlash va jihozlash. | 2010-yil avgust | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Amu-Buxoro Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi |
| 7. | Filial uchun oʻquv korpusi qurish. Buyurtmachini, bosh pudratchini belgilash. | 2011-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
| 8. | Zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriya bazasini tashkil etish. Shu jumladan: Gidravlika; Melioratsiya; Gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish; Gidrotexnika inshootlari; Nasoslar va nasos stansiyalari; Qishloq xoʻjaligi suv taʼminoti va yaylovlarga suv chiqarish. Oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish uchun oʻquv ustaxonalari yaratish. | 2011 — 2014-yillar | Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
| 9. | Oʻquv-malaka amaliyotlarini, dala tadqiqotlarini oʻtkazish maqsadida Filialning Oʻquv-ilmiy markazi uchun yer ajratish (50 gektar). Oʻquv-ilmiy markazda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishning suv tejaydigan texnologiyalari oʻquv-tadqiqot poligoni tashkil etish (tomchilatib sugʻorish; yomgʻirlatib sugʻorish; tuproq orasidan sugʻorish; yer ustidan sugʻorishning takomillashtirilgan usullari). | 2011 — 2014-yillar | Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
| 10. | Boshqa joylardan kelgan talabalar yashaydigan joylarni mukammal taʼmirlash va jihozlash. | 2012-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
| 11. | Filial talabalari uchun oshxona qurish va jihozlash. | 2011-2012-yillar | Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
| 3. Filial faoliyatini oʻquv-metodik, pedagogik taʼminlash | |||
| 12. | Suv xoʻjaligi va irrigatsiyani rivojlantirish vazifalariga, meliorativ tizim sharoitlari va xususiyatlariga, mintaqa, choʻl va sahro massivlari yer va tuproqlarining geologik, sifat tavsiflariga muvofiq Filialni tasdiqlangan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari, fanlar dasturlari bilan taʼminlash. | 2010-yil avgust | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| 13. | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti filialini oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan taʼminlash. Filialning axborot-resurs markazini tashkil etish. | 2010-yil sentabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Buxoro davlat universiteti |
| 14. | Filialda maxsus fanlar boʻyicha mashgʻulotlar olib borishga jalb qilish uchun Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti va Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalaridan malakali pedagogik kadrlar tarkibini aniqlash. | 2010-yil avgust | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| 15. | Filialdagi pedagogik faoliyat uchun Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti magistraturasida yosh mutaxassislarni maqsadli tayyorlash. | 2011-yildan boshlab | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| 16. | Filial oʻqituvchilarining Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti sohalar boʻyicha kafedralarida va “Isteʼdod” jamgʻarmasi orqali malaka va tajriba orttirishlarini tashkil etish. | 2011-yildan boshlab | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Isteʼdod” jamgʻarmasi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| 17. | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti oʻqituvchilari tomonidan maʼruzalar oʻqish uchun Filialda masofadan oʻqitish elementlarini joriy etish uchun texnik, dasturiy, metodik shart-sharoitlar yaratish. | 2011-yil | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, OʻzAAA |
| 18. | Filialning maxsus kafedralari ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni va xoʻjalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish. Mintaqaning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda suvni tejash, sugʻoriladigan yerlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar mavzulari roʻyxatini ishlab chiqish. | 2010-2011-yillar | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| 19. | Mintaqaning suv xoʻjaligi muammolari boʻyicha Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari, “SANIIRI” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va “Oʻzsuvloyiha”, “Oʻzdaverloyiha”, “OʻzGIP MCHJ” loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan birga qoʻshma ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-metodik ishlanmalarni tashkil etish. | 2011-yildan boshlab | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, OʻzFA |