Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Yosh avlodni milliy anʼanalar va qadriyatlarimiz asosida har tomonlama barkamol tarbiyalash hamda milliy kurashning turlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Al Hakim At-Termiziy xotirasiga bagʻishlab har ikki yilda bir marotaba milliy kurash boʻyicha Xalqaro turnir oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Xalqaro turnirning mutlaq gʻolibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovrini taʼsis etilsin.
3. Xalqaro turnirni oʻtkazish bilan bogʻliq sarf - xarajatlar Surxondaryo viloyati mahalliy budjetidan qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Ommaviy axborot vositalari milliy kurashni aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng targʻib etishga eʼtiborni kuchaytirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.