1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
TAʼLIM MUASSASALARINING BITIRUVChILARINI TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA JALB ETISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki, mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan respublikaning kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band xodimlarning oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativdan koʻpi bilan 20 foiz oshirilgan hollarda, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar ularda saqlanib qoladi.
Bunda xodimlar sonining oshirilishiga Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining oʻqishni yakunlagan kunidan boshlab 3 yildan ortiq vaqt oʻtmagan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-iyul,
PF-4232-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 251-modda; 2014-y., 50-son, 589-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)