Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan institutsional kredit mablagʻlaridan samarali foydalanish va Yevropa Hamjamiyatining texnik yordami doirasida ish bilan taʼminlash xizmatini kompyuterlashtirish loyihasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Mehnat vazirligi huzurida Kompyuter markazi tashkil etilsin. Kompyuter markazining faoliyati Mehnat vazirligi va uning mintaqaviy organlari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalari asosida xoʻjalik hisobi shartlarida tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Kompyuter markazining asosiy vazifalari hisoblansin:
ishchi kuchi bozorini hisobga olishning umumrespublika va mintaqaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish, yagona dasturiy taʼminlash;
mehnat va ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha axborot yigʻish va qayta ishlash;
xodimlarni oʻqitish, kompyuter texnikasini oʻrnatish va unga servis xizmati koʻrsatish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir hafta muddatda Kompyuter markazi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish respublika markaziy laboratoriyasi, uning funksiyalari Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish respublika ilmiy-tadqiqot institutiga berilgan holda, tugatilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.