Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish hamda foto sanʼatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy koʻrgazmalar direksiyasini va Markaziy koʻrgazmalar zalini:
Toshkent fotosuratlar uyini Markaziy koʻrgazmalar zali tarkibidan mustaqil yuridik shaxs sifatida ajratish;
Markaziy koʻrgazmalar zalini Badiiy koʻrgazmalar direksiyasiga qoʻshish yoʻli bilan qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi 2006-yil 1-yanvargacha Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi va Markaziy koʻrgazmalar zalini belgilangan tartibda qayta tashkil etishni taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2005-yil uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi hamda Toshkent fotosuratlar uyi xodimlari sonini belgilasin va yangi shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bir oy muddatda:
Badiiy koʻrgazmalar direksiyasini Toshkent shahar, Sh.Rashidov shoh koʻchasi, 40-uyga;
Toshkent fotosuratlar uyini Toshkent shahar, Y.Oxunboboyev koʻchasi, 4-uyga joylashtirishni taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-son qaroriga 2-ilovaning
8-bandidagi “Markaziy koʻrgazmalar zali” soʻzlari “Toshkent fotosuratlar uyi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.