1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.03.00 Transport vositalarini olib kirish va olib chiqish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
VAZIRLAR MAHKAMASINING “XORIJIY AVTOTRANSPORT VOSITALARI KIRIShI, ChIQIShI VA TRANZIT OʻTIShINI NAZORAT QILIShNI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 17 DEKABRDAGI 274-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit boʻyicha boʻlishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 66-modda) 3-bandidagi “175” raqami “200” raqami bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror 2010-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-iyul,
146-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 233-modda)