Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston SSJ Prezidentining “Xalqlar doʻstligi ordenli Toshkent xalq xoʻjaligi institutini Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununiga aylantirish toʻgʻrisida” 1991-yil 6-iyundagi
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy ichida Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununi toʻgʻrisidagi Nizomni, uning tuzilishini, yagona oʻquv rejasini va mutaxassisliklar roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
2. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununining oʻquv korpusini, yotoqxonalarini va ijtimoiy, madaniy-maishiy obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratish haqidagi masalani hal qilsin.