1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.96.00 (Кучини йукотган) Taʼlim xodimlarini ijtimoiy himoya qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA OLIY VA OʻRTA MAXSUS OʻQUV YuRTLARIning PROFESSOR-OʻQITUVChILARI TARKIBIGA, ILMIY XODIMLARI HAMDA TAʼLIM-YORDAMChI XODIMLARIGA QOʻShIMChA IMTIYOZLAR BERISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari tarkibining, ilmiy xodimlari hamda taʼlim-yordamchi xodimlarining moddiy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, narxlar erkin boʻlgan sharoitda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha tiplardagi maktablarning oʻqituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf oʻqituvchilarining ish haqini oshirish toʻgʻrisida” 1990-yil 13-noyabrdagi Farmonining qismlari qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlari va taʼlim-yordamchi xodimlariga ham joriy etilsin:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan taʼminlash]
— ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralarni shaxsiy mulk qilib bepul berish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
— kvartira haqi va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashda imtiyozlar;
— yer uchastkalarini va yakka tartibdagi qurilish uchun binokorlik materiallarini sotib olishga birinchi navbatda ajratib berish.
Farmon mazkur bandining amal qilishi kamida 10 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlgan xodimlarning ushbu toifasiga mansub pensionyerlarga joriy etilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida 10 kun muddat ichida qaror loyihasini tayyorlashi zarur.
3. Ushbu Farmon 1992-yilning 1-martidan kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 5-fevral,
PF-330-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 186-modda)