1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA OLIY TAʼLIM MUASSASALARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNING TAKOMILLAShTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 1 AVGUSTDAGI 164-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oliy taʼlim darajasi va sifatini yanada oshirish, iqtisodiyotda talab qilinayotgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, oliy taʼlim muassasalarida innovatsiya faoliyatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 40-modda) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi oʻqish boʻyicha oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga qarab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini:
2009/2010 oʻquv yilidan boshlab — 1:10,5;
2014/2015 oʻquv yilidan boshlab — 1:12,5 nisbatida belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, 2014/2015 oʻquv yilidan boshlab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini 1:12,5 nisbatida belgilash uchun respublika oliy taʼlim muassasalarida tashkiliy-metodik va tushuntirish ishlari olib borsinlar hamda zarur shart-sharoitlar yaratishni taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-iyun,
119-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 196-modda)