Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi boshqaruv organlarining funksiyalari va strukturalari oʻzgarishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi shtabining OʻzSSJ Moliya vazirligi, OʻzSSJ Davlat mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi bilan kelishilgan, jumhuriyat budjeti hisobiga saqlanayotgan Oʻzbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi shtabi xodimlarini 1991-yil 15-martdan eʼtiboran Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 27-oktabrdagi 355-son qarori bilan 1991-yil uchun tasdiqlangan smeta boʻyicha mehnat haqi fondi doirasida belgilangan mehnatga haq toʻlashning yangi shartlariga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashiga, viloyat ijroiya qoʻmitalariga va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasiga (muxtor jumhuriyatning, viloyatlarning, shaharlarning, nohiyalarning, kolxoz va sovxozlarning) mahalliy va oʻz budjetlari hisobiga saqlanayotgan fuqaro mudofaasi boshqaruv organlarining ishchi va xizmatchilariga 1991-yil uchun tasdiqlangan smeta boʻyicha mehnat haqi fondini oshirmagan holda, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 27-oktabrdagi 355-son qarori bilan belgilangan lavozim okladlari va tariflarini belgilash tavsiya etilsin.
3. Mehnatga haq toʻlashning yangi shartlarini joriy etishda fuqaro mudofaasi boshqaruv organlarining apparatlarida xodimlarning navbatdan tashqari attestatsiyasini (yuqori organlar tomonidan lavozimlarga tayinlangan xodimlar bundan mustasno) oʻtkazish zarur deb topilsin.
Attestatsiya natijalariga qarab lavozim boʻyicha koʻtarish (pasaytirish), lavozim okladini oshirish (kamaytirish), lavozim okladlariga ustamalarni belgilash va oʻzgartirish, qayta oʻqitishga yoʻllanma berish, egallab turgan lavozimidan ozod qilish haqida qarorlar qabul qilinsin.