toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FARG‘ONA NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODINI REKONSTRUKSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Jahon standartlari darajasidagi toza neft mahsulotlarining sifatli bo‘lishini ta’minlash, ularning ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida zamonaviy xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish va ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining dizel yonilg‘isini gidrotozalash va aminotozalash hamda oltingugurt olish qurilmalari qurilishini o‘z ichiga oluvchi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini 1997—1999-yillarda rekonstruksiya qilish, shuningdek ishlab turgan qurilmalarni modernizatsiyalash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga mazkur loyiha bo‘yicha “Mitsui” (Yaponiya) firmasi bilan bazaviy va batafsil loyihalash, asbob-uskunalar va materiallar yetkazib berish, qurish, ishga tushirishdan oldingi ishlarga, ishga tushirish va ishga tushirish-sozlash ishlariga texnik rahbarlik qilish yuzasidan moliyaviy ta’minlash xarajatlarini hisobga olmagan holda 9895 mln. yapon iyeni va 75,89 mln. AQSH dollaridan oshmaydigan summaga foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan kontrakt tuzishga ruxsat etilsin.
3. “O‘zneftqaytaishlash” davlat ishlab chiqarish birlashmasi loyihaning bosh buyurtmachisi etib belgilansin.
4. Ushbu loyihani moliyaviy ta’minlash Yaponiyaning Eksport-import banki hamda Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki tomonidan beriladigan kreditlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga beriladigan kredit hisobiga amalga oshirilsin.
Kreditlarni uzish “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi mablag‘lari hisobidan, kredit bitimlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilsin.
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Yaponiyaning Eksport-import banki bilan kredit bitimini ishlab chiqishni tugallasin va kredit bitimi tuzsin;
olingan kredit buyurtmachiga belgilangan tartibda qayta moliyalashtirilishini ta’minlasin.
6. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki bilan kredit bitimini ishlab chiqishni tugallasin hamda kredit bitimi tuzsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Yaponiyaning Eksport-import bankiga va Yevropa qayta qurish va taraqqiyot bankkiga mazkur loyiha uchun jalb qilinayotgan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berishga vakil qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlariga oid yuridik xulosalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
10. Mazkur loyiha bo‘yicha “Mitsui” firmasi va uning xorijiy subpudratchilari kontraktni amalga oshirishning butun davrida:
barcha soliqlar va boj poshlinalari, shu jumladan kontraktni amalga oshirish bilan bog‘liq qurilishlar uchun jalb qilingan vositalarni keltirish va qaytarib olib ketishda soliqlar va poshlinalar;
“O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining buyurtmanomalari bo‘yicha yakka tartibda va guruh bo‘lib keluvchi xodimlarning viza hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun konsullik yig‘imlari;
O‘zbekiston Respublikasidagi turar joyda ro‘yxatga olinganlik uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin.
11. Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi va “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, “Mitsui” firmasi yoki uning mazkur loyiha bo‘yicha subpudratchilari buyurtmanomalari bo‘yicha kelayotgan asbob-uskunalar va materiallar, shu jumladan, qurilish uchun asbob-uskunalar va materiallar uchun bojxona hujjatlarining o‘z vaqtida (uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda) rasmiylashtirilishini va ularning belgilangan joyga to‘siqsiz olib kelinishini ta’minlasinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan “Mitsui” firmasi bilan, uning mazkur loyiha bo‘yicha xorijiy pudratchilari va subpudratchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar bo‘yicha erkin almashtiriladigan valyutada haq to‘lanadigan yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar hajmlari, ko‘rsatib o‘tilgan yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar hajmlarini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etgan holda, eksport sifatida hisoblansin.
13. “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan loyihaning kompleks sug‘urtaviy himoyalanishini ta’minlashda ko‘maklashsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Q.J. Haqqulov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 12-noyabr,
397-son