O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudI PLENUMining
Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda sud amaliyotining bir xilligini shakllantirish maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy sudlar tovarlarni tanlab olmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonunchilikni qo‘llashlari lozim.
2. Tovarlarni tanlab olmaslik deganda, mahsulot yetkazib beruvchining omboridan sotib oluvchi (oluvchi)ning tovarlarni shartnomada belgilangan tartib va muddatda olib chiqish (olish) majburiyatini bajarmasligi tushuniladi.
3. FK 448-moddasining
birinchi qismiga muvofiq, agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida sotib oluvchi (oluvchi)ning yetkazib beruvchi joylashgan yerda tovarlarni tanlab olishi nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib oluvchi (oluvchi) o‘ziga topshirilayotgan tovarlarni ular topshiriladigan joyda ko‘zdan kechirishi lozim. Tovarlarning shartnomaga nomuvofiqligi aniqlanganda, u bunday tovarlarni olishdan bosh tortishga haqli.
4. Sotib oluvchi (oluvchi)ning tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda, bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, tovarlarning tayyorligi to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchining bildirish xatini olganidan so‘ng oqilona muddatda tanlab olmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga shartnomani bajarishdan bosh tortish yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini to‘lashni talab qilish huquqini beradi (FK 448-moddasining
ikkinchi qismi).
5. Mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni tanlab olmaganlik uchun sotib oluvchidan neustoyka undirish to‘g‘risida da’vo taqdim etishda shartnomada belgilangan muddatda uning tanlab olish amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ombori yoki bazasida mahsulot yetkazib berishning shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va assortimentda tovarlar mavjud bo‘lganligini va bu tovarlar sifati, navi, qadoqlanishi, o‘rami va shu kabilar bo‘yicha shartnoma shartlariga muvofiqligini hamda da’vo qilingan paytda mavjud bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishga majburdir.
6. Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqishda iqtisodiy sudlar taraflar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar yoki shartnomaning tovarlarni tanlab olish (topshirish) tartibi to‘g‘risidagi shartlaridan kelib chiqishlari va taraflar tomonidan bu shartlarga rioya qilinishini tekshirishlari lozim. Xususan, agar tovarlarni tanlab olish sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan mahsulot yetkazib beruvchining tovarlarning topshirishga tayyorligi haqidagi bildirish xatida ko‘rsatilgan ma’lum bir muddat ichida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan ushbu bildirish xatining yuborilganligi tekshirilishi lozim. Agar sotib oluvchining (oluvchining) tovarni olish uchun kelishining aniq muddatlari shartnoma bilan belgilangan bo‘lsa yoxud ular belgilanmagan hollarda va mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tovarning topshirishga tayyor ekanligi haqidagi bildirish xati o‘z vaqtida yuborilgan bo‘lib, sotib oluvchi (oluvchi) tovarni olish uchun mahsulot yetkazib beruvchining omboriga (bazasiga) kelmagan bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchining (oluvchining) kelmaganlik holatini isbotlashga majbur emas.
Bunday holda sotib oluvchi (oluvchi) tovarni olish uchun mahsulot yetkazib beruvchining omboriga o‘z vaqtida kelganligini, shuningdek sotib oluvchi (oluvchi) hozir bo‘lgan paytda mahsulot yetkazib beruvchining omborida shartnomada kelishilgan tovarning mavjud bo‘lmaganligini isbotlash majburiyati uning zimmasida bo‘ladi.
Sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan tanlab olingan tovarlarni mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan berilishining rad etilishi yoki mahsulot yetkazib beruvchining omborida kelishilgan assortimentdagi tovarlarning mavjud bo‘lmaganlik holatlari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
7. Shartnomada sotib oluvchi hisoblanmagan oluvchi tomonidan tovarlarni tanlash nazarda tutilgan hollarda, tanlab olmaslik uchun javobgarlik shartnoma bo‘yicha sotib oluvchining zimmasida bo‘ladi.
9. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, Qonunning
31-moddasiga muvofiq, tovarlarni tanlab olmaslik, shuningdek yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda tovarlarni olishni asossiz rad etganlik uchun sotib oluvchi yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (o‘z muddatida olinmagan) tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — 10 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
Tovarlar tanlab olinmagan hollarda yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar mavjudligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etgan holda, tanlab olinmagan tovarlar qiymati to‘lanishini talab qilishga haqlidir.
10. Sotib oluvchi tomonidan tovarlarni bir necha bor tanlab olmaslik FKning
455-moddasiga muvofiq, mahsulot yetkazib berish shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi va mahsulot yetkazib beruvchining shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
11. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, Qonunning
24-moddasiga muvofiq, tovarlarni tanlab olmaslik uchun javobgarlik chorasi qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, qo‘llaniladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1994-yil 5-yanvardagi “Mahsulot va mollarni o‘z vaqtida tanlab olib ketmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi 20-sonli
qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.