1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
AHOLI OʻRTASIDA MIKRONUTRIYENT YETISHMASLIGI PROFILAKTIKASI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 25-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Ushbu Qonunning maqsadi aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
mikronutriyentlar — inson organizmining normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan, oʻrnini boshqa narsa bosa olmaydigan oziq-ovqat moddalari (vitaminlar va mineral moddalar);
mikronutriyent yetishmasligi — inson organizmining oziq-ovqat bilan tushadigan mikronutriyentlar yetarli emasligi sababli kasalliklarning rivojlanishiga olib keladigan holati;
boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti — ishlab chiqarilishi jarayonida mikronutriyentlar bilan boyitilgan (fortifikatsiya qilingan) oziq-ovqat mahsuloti;
mikronutriyentlar saplementatsiyasi — aholining muayyan guruhlari oʻrtasida mikronutriyentlarning dori vositalari tarzida profilaktik dozalarda qoʻllanilishi;
aholining muayyan guruhlari — mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi chora-tadbirlari amalga oshirilayotgan aholi guruhlari.
2-bob. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi
4-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
aholini boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazoratini taʼminlash;
boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilishini rivojlantirish;
oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash;
mikronutriyentlar saplementatsiyasi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasiga qaratilgan dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash;
mikronutriyent yetishmasligini aniqlovchi zamonaviy texnologiyalarni va uning profilaktikasi usullarini rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
5-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvi:
davlat boshqaruvi organlarining, shuningdek boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib borishni;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ishlab chiqishni, ishlarni tashkil etishni va ularni bajarishni taʼminlashni;
profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etishni oʻz ichiga oladi.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni hamda unga rahbarlikni amalga oshiradi;
mikronutriyentlar bilan boyitilishi lozim boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
mikronutriyentlar bilan boyitilishi lozim boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini aniqlaydi;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni tashkil etadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
aholining mikronutriyentlar saplementatsiyasi oʻtkazilishi lozim boʻlgan muayyan guruhlarini aniqlaydi;
oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mikronutriyentlarning normalari va tavsiya etiladigan darajalarini ishlab chiqadi;
mikronutriyentlar saplementatsiyasini tashkil etadi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi boʻyicha sanitariya-gigiyena va tushuntirish ishlarini olib boradi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasiga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qiladi va baholaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablariga yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni majburiy sertifikatlashtirish boʻyicha ishni tashkil etadi.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi maqsadida tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining hamda boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligini va ularni saqlash sharoitlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi chora-tadbirlari
10-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasining turlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasining quyidagi turlari amalga oshiriladi:
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotiga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va uni isteʼmol qilishni taʼminlash;
mikronutriyentlar saplementatsiyasi;
sanitariya-gigiyena va tushuntirish ishlari.
11-modda. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni ishlab chiqarish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni ishlab chiqarish yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
12-modda. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni sertifikatlashtirish
Boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.
13-modda. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni oʻrash, tamgʻalash, tashish, saqlash, realizatsiya qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni oʻrash, tamgʻalash, tashish, saqlash, realizatsiya qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi reklama
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasiga qaratilgan notijorat yoʻsindagi reklama ijtimoiy reklama axborotidir. Ijtimoiy reklama axborotini tekinga tayyorlovchilar va tarqatuvchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi.
Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining reklamasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
16-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
18-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2010-yil 8-iyundagi 112 (5027) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-iyun,
№ OʻRQ-251
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 181-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)