Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi PLENUMINing
Xoʻjalik sudining xususiy ajrimi toʻgʻrisida
Xoʻjalik sudlari tomonidan xususiy ajrimlarni chiqarishda qonun hujjatlarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining
47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi
Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq xoʻjalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari boʻlib nafaqat iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, balki qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashishdan ham iborat ekanligiga qaratilsin.
Xususiy ajrim ushbu vazifani bajarishning protsessual vositalaridan biri va qonunni buzayotgan shaxslarga nisbatan huquqiy taʼsir chorasi hisoblanadi.
2. XPK 152-moddasining
birinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudi nizoni koʻrish vaqtida tashkilotlar, davlat organi va boshqa organ, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Xususiy ajrim koʻrilayotgan xoʻjalik nizosidan chetga chiqadigan masala boʻyicha chiqarilishi mumkin boʻlib, uning maqsadi qonunchilikning buzilishiga barham berish, huquqbuzarliklarning oldini olish va protsess ishtirokchilarini huquqiy tarbiyalashdir.
3. Taʼsir qilish usuliga koʻra, xususiy ajrimlarni ikki turga boʻlish mumkin:
1) qonun hujjatlari buzilishiga barham berish yoxud aybdorlarni javobgarlikka tortishga bevosita qaratilgan xususiy ajrimlar (bevosita taʼsir);
2) sud vakolatli davlat organlari va boshqa organlarni yoki mansabdor shaxslarni aniqlangan huquqbuzarliklar haqida xabardor etib, ularni bartaraf etish va kelgusi faoliyatida yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, shuningdek aybdorlarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish majburiyatini yuklash haqidagi xususiy ajrimlar (taqdimnomalar) (bilvosita taʼsir).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-1938-sonli
Farmoni (bundan buyon matnda Farmon deb yuritiladi) bilan xoʻjalik sudlariga:
— xoʻjalik nizolarini koʻrish jarayonida jinoyat alomatlari aniqlangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatish;
— iqtisodiy huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash;
— xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan mulkiy zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish;
— pul mablagʻlari va boshqa mulkdan oqilona foydalanmaslik, toʻlov intizomini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik va korxonalarni bankrotlik darajasigacha olib kelganlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini va boshqa xodimlarini egallab turgan lavozimidan ozod etishga qadar boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida tegishli organlarga taqdimnomalar kiritish huquqi berilgan.
Shu bilan birga sudlar nazarda tutishlari kerakki, ushbu Farmon bunday choralarni qoʻllashning protsessual qoidalarini belgilamaydi, uni qoʻllash qoidalari esa tegishli qonunlar (
Xoʻjalik protsessual,
Fuqarolik,
Mehnat,
Jinoyat,
Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi
kodeks)ga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan amalga oshirilgan. Shundan kelib chiqib, Farmonda sanab oʻtilgan vakolatlarni amalga oshirishda sudlar ushbu qonunlarni qoʻllashlari kerak.
5. XPK 14-moddasining
birinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudi hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrugʻi shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Sudlar xususiy ajrim ajrimlarning turlaridan biri hisoblanishi hamda unga ushbu modda ikkinchi qismining sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiyligi haqidagi talablari joriy etilishini inobatga olishlari lozim.
Ayni vaqtda qonun hujjatlarida ishni koʻrish jarayonida aniqlangan qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan xabarnoma, axborotnoma yoki xat shaklidagi taʼsir choralari nazarda tutilmaganligini eʼtiborga olish lozim. Shunga muvofiq bunday hujjatlar majburiy kuchga ega emas va ularni mansabdor shaxsga yoxud organga yuborish huquqiy oqibatlarni, ularda koʻrsatilgan talablarni bajarmaslik esa — biror bir javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
6. Mansabdor shaxsni intizomiy javobgarlikka tortish har qanday boshqa xodim kabi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (bundan buyon matnda MK deb yuritiladi)
XI bobining normalariga muvofiq yoki xalq xoʻjaligining baʼzi tarmoqlarida ayrim toifadagi xodimlar uchun amalda boʻlgan intizom toʻgʻrisidagi ustav va nizomlarga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Bunda intizomiy jazolar ishga qabul qilish (lavozimga tayinlash) huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qoʻllanilishi umumiy qoida hisoblanadi (MKning
182-moddasi).
Bundan kelib chiqqan holda xoʻjalik sudi mansabdor shaxs yoxud boshqa xodimning harakatlarida oʻz mansab (mehnat) majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaslik holatini aniqlagan taqdirda, uni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi xodimni ishga qabul qilish (lavozimga tayinlash) huquqi berilgan shaxsga (organga) koʻrib chiqish uchun yuboriladigan xususiy ajrimni chiqarishga haqli.
6.1. Shaxsni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi xususiy ajrimda intizomiy javobgarlikka tortiladigan shaxs aniq koʻrsatilishi lozim.
6.2. Intizomiy nojoʻya xatti-harakatning holatlarini tekshirish va aybdor shaxsni aniqlash zaruriyati boʻlganda, xoʻjalik sudi tegishli organlarga mansabdor shaxsni yoki boshqa xodimni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi taqdimnomalarni kiritishga haqli.
Bunday holda sud taqdimnoma yoʻllangan organning zimmasiga qonunbuzilishida aybdorni aniqlash va unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash majburiyatini yuklaydi.
6.3. Sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning qay darajada ogʻir ekanligi, xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvorini hisobga olgan holda intizomiy jazoning muayyan turini tanlash ushbu mansabdor shaxs (organ)ning huquqi hisoblanganligi sababli, xoʻjalik sudi xususiy ajrimda (taqdimnomada) jazo turini koʻrsatishga haqli emas.
7. Zarar keltirgan mansabdor yoki boshqa shaxsning harakatlarida (harakatsizligida) jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan hollarda, zarar yetkazuvchi zarar yetkazilgan paytda yuridik shaxs bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan hollarda, xoʻjalik sudi aybdor shaxs hisobidan yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisida xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Bunday holda zarar uni yetkazgan mansabdor yoki boshqa shaxs hisobidan MKning
201,
202,
205 va
208-moddalarida nazarda tutilgan miqdorda qoplanadi.
7.1. MK 198-moddasining
birinchi qismiga muvofiq xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar deganda, ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan, ish beruvchi uchinchi shaxslardan ijaraga olgan mol-mulk) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchining ortiqcha toʻlovlar qilishi zarurati tushunilishi nazarda tutilgan.
MK 198-moddasining
uchinchi qismi xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni toʻlashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar boʻlishini belgilaydi.
8. Nizoni koʻrish jarayonida mansabdor shaxs yoxud fuqaroning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan taqdirda, xoʻjalik sudlari unga barham berish va aybdorni qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga qaratilgan choralarni koʻradi.
Bunda nazarda tutish lozimki, xoʻjalik sudi aniqlangan huquqbuzarlikdan kelib chiqib qaror shaklidagi bevosita taʼsir qiluvchi hujjatni yoxud qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi masalani vakolatli mansabdor shaxslarga koʻrib chiqish majburiyatini yuklaydigan xususiy ajrim shaklidagi bilvosita taʼsir qiluvchi hujjatni qoʻllashga haqli.
8.1. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi)
242,
245-1-moddalariga muvofiq xoʻjalik sudlari nizolarni hal etish chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda qayd etilgan Kodeks 175-moddasining
uchinchi qismida,
176-1,
180 va
181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar.
8.2. MJtK 175-moddasining
uchinchi qismida,
176-1-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar hisoblanadi.
Bunday huquqbuzarliklar nizolarni koʻrishda aniqlangan hollarda, xoʻjalik sudi oʻz tashabbusi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishga qabul qiladi va bu haqda sud majlisi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
MJtK 175-moddasining
uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, kassa operatsiyalarini yuritish va toʻlov intizomiga rioya etilishini, shu jumladan soliq organlarining inkasso topshiriqlarining bajarilishini taʼminlash vazifalari yuklangan mansabdor shaxslari tortilishi mumkin. Bunday mansabdor shaxslarga xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari, bosh hisobchisi yoki ustav, mehnat shartnomasi yoxud rahbarning farmoyishi bilan ushbu vazifalarni bajarish yuklatilgan boshqa mansabdor shaxslar kiradi.
Ushbu huquqbuzarlik tarkibini, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarining oʻtkazib yuborilishiga yoʻl qoʻyish, korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablagʻlar boʻlgan holda toʻlovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarining buzilishi, shuningdek pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish navbatining buzilishi tashkil etishi mumkin.
MJtK 176-1-moddasining
uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka xoʻjalik yurituvchi subyektlarning toʻlov intizomiga rioya etilishini taʼminlash vazifalari yuklatilgan mansabdor shaxslari ham, tovarlar berish va xizmatlar koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar ham tortilishi mumkin. Ushbu huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortishning majburiy sharti boʻlib, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan shartnoma majburiyatlarining lozim darajada bajarilmaslik holatining oʻzi emas, balki bunday bajarmaslik (lozim darajada bajarmaslik) oqibatida mulkiy zarar yetkazilishi hisoblanadi.
Bunda nazarda tutish kerakki, paxta xomashyosini sotib olish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xoʻjalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazish holatlari yuzasidan MJtKning
176-1-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar MJtKning
245-2-moddasiga muvofiq adliya organlari tomonidan MJtKning
282-moddasida belgilangan tartibda tuzilgan va xoʻjalik sudlariga yuborilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalarga asosan xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ushbu moddaga koʻra bayonnoma boshqa hujjatlar va ish boʻyicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi.
Bunday holda aybdordan zararni undirish toʻgʻrisidagi qaror maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatiladi.
Agar aniqnangan zarar qayd etilgan miqdordan oshsa, u MJtK 38-moddasining
uchinchi qismiga muvofiq fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida qoplanadi, bu haqda xoʻjalik sudi jabrlanuvchiga zarur tushuntirishlarni berishi mumkin.
8.4. MJtKning
180 va
181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklardir.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida, koʻrsatilgan shaxslarning raislik qiluvchi farmoyishiga boʻysunmasligida yoxud sud majlisi paytida tartibni buzishda, shuningdek sudning xususiy ajrimi boʻyicha choralar koʻrmaslikda oʻz ifodasini topgan sudga hurmatsizlikning har bir holati bevosita taʼsir qiluvchi hujjat shaklidagi sudning oʻz munosabatini bildirish predmeti boʻlishi kerak.
Bunda shaxs tomonidan MJtKning
180-moddasida nazarda tutilgan shakllarda sudga hurmatsizlik qilingan holda, ushbu holat sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va aybdorni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan sud jarayoni bosqichida chiqariladi. Xoʻjalik ishining keyingi koʻrilishi umumiy tartibda davom etadi.
8.5. MJtKning
181-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlikka faqat sudning qonuniy kuchga kirgan xususiy ajrimi yuborilgan mansabdor shaxs, qachonki xususiy ajrim u tomonidan qabul qilinib, koʻrmasdan qoldirilgan (koʻrsatilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralari koʻrilmagan) yoxud unga oʻz vaqtida javob berilmagan boʻlsagina, tortilishi mumkin.
Ushbu holatlar xoʻjalik ishi boʻyicha ish yuritish yakunlangandan keyin yuzaga kelishi (sudga maʼlum boʻlishi) mumkin. Bunday hollarda xususiy ajrimni chiqargan sudya (sudlov hayʼati) sud devonxonasining xususiy ajrimga qonunda belgilangan muddatda javob kelib tushmaganligi (oʻz vaqtida tushmaganligi) haqidagi maʼlumotnomasiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni ish yuritishga qabul qiladi va uni mazmunan koʻradi.
8.6.
XPK aybdor shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibini belgilovchi normalarni oʻz ichiga olmaganligi sababli, u xoʻjalik sudi tomonidan
MJtKda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish MJtKning
XIX,
XXII,
XXIII boblari, maʼmuriy jazo qoʻllanilishi esa — shu Kodeksning
IV bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Bunda sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar toʻgʻrisidagi MJtKning
30-moddasi talablariga qatiy rioya etishga aloxida eʼtibor qaratish lozim.
8.7. Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga MJtKning
294-moddasida nazarda tutilgan barcha huquqlar taʼminlanishi kerak.
8.8. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish bayonnomasi MJtKning
308-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha tuziladi. MJtKning
180-moddasida nazarda tutilgan sudga hurmatsizlik qilish shaklida namoyon boʻlgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish ushbu qoidadan mustasno hisoblanadi. Bunday holda ushbu holat sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va aybdorni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan sud protsessi bosqichida chiqariladi.
8.9. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror MJtKning
309-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha tuziladi.
8.10. MJtK 315-moddasining
birinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan
IPKda belgilangan tartibda shikoyat qilinadi.
Bundan kelib chiqib, xoʻjalik sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham, bevosita maʼmuriy javobgarlikka tortilgan jismoniy shaxs tomonidan ham shikoyat qilinishi mumkin.
MJtK 315-moddasining toʻrtinchi qismi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji toʻlashdan ozod etilishini belgilaydi.
8.11. MJtK 317-moddasining
ikkinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan XPKda belgilangan tartibda protest keltiriladi.
8.12. Mansabdor shaxslar yoki fuqarolarning harakatlarida MJtKga binoan ishni koʻrish boshqa organlarga (mansabdor shaxslarga) yuklatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning belgilari aniqlangan taqdirda, xoʻjalik sudi MJtKning 280-moddasiga muvofiq bunday maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish vakolati berilgan shaxsga masalani qonunda belgilangan tartibda koʻrish majburiyatini yuklash toʻgʻrisida xususiy ajrim shaklidagi bilvosita taʼsir qiluvchi hujjatni chiqarishga haqli.
8.13. Xoʻjalik sudining maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarining ijrosi MJtKning V boʻlimiga muvofiq amalga oshiriladi.
8.14. MJtKning
275-moddasida nazarda tutilgan prokuror vakolatlarini taʼminlash maqsadida xoʻjalik sudi maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasini u qabul qilingan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida tegishli prokurorga yuboradi.
9. XPK 152-moddasining
toʻrtinchi qismiga muvofiq, agar xoʻjalik nizosini koʻrib chiqish chogʻida sud mansabdor shaxs xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishi qoʻzgʻatadi hamda yetkazilgan zarar undirilishini taʼminlash uchun unga tegishli mol-mulkni xatlab qoʻyadi.
Sudning jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish vakolati XPKning
152-moddasida nazarda tutilganligi sababli, u ham xususiy ajrim chiqarish shaklida amalga oshiriladi.
XPKda jinoyat ishi qoʻzgʻatish tartibini belgilaydigan normalarning mavjud emasligi xoʻjalik sudlari jinoyat ishlarini qoʻzgʻatishdagi qolgan barcha harakatlarida jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini qoʻllashlari lozimligini anglatadi.
9.1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi)
15 va
321-moddalari talablariga koʻra sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, oʻz vakolatlari doirasida jinoyat ishini qoʻzgʻatishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni koʻrishlari shart.
9.2. Xususiy ajrim chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan holatlar jinoyat ishi qoʻzgʻatishdan oldin sud majlisida toʻliq va har tomonlama tekshirilishi kerak.
Bunda JPKning
322-moddasiga muvofiq jinoyat belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi har qanday maʼlumotlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun asos boʻlishi mumkin. Ushbu normaga koʻra jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun:
1) shaxslarning arizalari;
2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar;
3) ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar;
4) jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar va izlarni surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning bevosita oʻzi aniqlashi;
5) aybini boʻyniga olish haqidagi arz sabab boʻladi.
9.3. JPK
331-moddasining talablariga muvofiq jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda: ishni qoʻzgʻatish uchun sabab va asoslar; Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; ishni oʻz yurituviga oluvchi mansabdor shaxs koʻrsatiladi.
9.4. Agar mansabdor shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida aniqlangan boʻlsa, sudlar XPK 43-moddasining
oltinchi qismiga muvofiq ushbu ishda prokurorni ishtirok etishga jalb etishlari kerak.
9.5. JPK 336-moddasining
1-bandiga muvofiq jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilganidan keyin sud jinoyat ishini dastlabki tergov yuritish uchun prokurorga yuboradi.
JPKning
346-moddasi bilan hududiy jihatdan tergovga tegishlilikning umumiy qoidasi belgilangan boʻlib, unga muvofiq jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli boʻladi. Shu bilan birga yuqori turuvchi prokurorning farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalaridan qati nazar, olib borilishi ham mumkin.
Bundan kelib chiqib, yuqori turuvchi prokurorning dastlabki tergov oʻtkaziladigan tumanni aniqlash vakolatini taʼminlash maqsadida xoʻjalik sudlari jinoyat ishlarini aniqlangan jinoyat sodir etilgan hudud joylashgan viloyat prokuroriga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) yuborishlari kerak. Agar sodir etilgan jinoyat joyi aniqlanmagan boʻlsa, jinoyat ishi uni qoʻzgʻatgan xoʻjalik sudi tomonidan shu viloyat prokuroriga yuboriladi.
9.6. Shunga alohida eʼtibor berish lozimki, qonun prokurorga alohida hujjatlar emas, balki jinoyat ishi yuborilishini talab qiladi, shu sababli xoʻjalik sudlari ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatish haqidagi xususiy ajrimga uni qoʻzgʻatish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlarni tikilgan, raqamlangan holda, kuzatuv roʻyxati bilan birga ilova qilishlari kerak.
Bunda jinoyat ishiga XPKga muvofiq asl nusxalari xoʻjalik ishida saqlanishi kerak boʻlgan hujjatlarning jinoyat ishini qoʻzgʻatgan sudya (hayʼat raisi) tomonidan tasdiqlangan nusxalari tikiladi.
9.7. Jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi xususiy ajrim ustidan XPK 152-moddasining
uchinchi qismiga muvofiq shikoyat qilish mumkin.
Jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi xususiy ajrim ustidan shikoyat qilish uning amal qilishini toʻxtatmaydi, shu sababli u chiqarilgan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida jinoyat ishi hujjatlari bilan birga prokurorga yuborilishi lozim.
9.8. Agar sud muhokamasi davomida ayrim (shu jumladan, aniqlanmagan) shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat ishi qoʻzgʻatish uchun yetarli boʻlmagan jinoyat alomatlari aniqlansa, xoʻjalik sudi xususiy ajrim bilan tegishli prokurorga unga berilgan vakolatlar doirasida qoʻshimcha tekshirish oʻtkazish va jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal etish majburiyatini yuklashga haqli.
10.
XPK xususiy ajrim chiqarilishi mumkin boʻlgan aniq paytni belgilamaydi, shuning uchun u xoʻjalik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va xoʻjalik sudining har qanday instansiyasida chiqarilishi mumkin.
Xususiy ajrim sud majlisida eʼlon qilinadi. Xususiy ajrimning sud majlisidan tashqarida chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
10.1. XPK xususiy ajrimning alohida xonada chiqarilishini talab qilmaydi, ammo zarur hollarda sud xususiy ajrim chiqarish uchun asos boʻladigan ish hujjatlari va holatlarini yanada puxta oʻrganish uchun bunday huquqdan foydalanishi mumkin.
10.2. Xususiy ajrimni (qarorni) chiqarishning protsessual asosi sifatida XPKning
152-moddasi, MJtK yoxud JPKning tegishli moddalari koʻrsatilishi lozim.
10.3. Xususiy ajrim shakli va mazmuni boʻyicha XPKning
151-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Shu bilan birga, shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish, jinoyat ishini qoʻzgʻatish bilan bogʻliq boʻlgan xususiy ajrimlarni chiqarishda tegishli kodekslarda (MJtK, JPK) nazarda tutilgan bunday protsessual hujjatlarning shakliga nisbatan qoʻyilayotgan talablar inobatga olinishi kerak.
Xususiy ajrimni tuzishda bayon etish usuli va asoslantirish alohida ahamiyat kasb etadi — uning ishonchliligi va taʼsirchanligi shunga bogʻliqdir.
Shaxsning huquqbuzarlik sodir etganligi holatini qatʼiy taʼkidlashga bevosita taʼsir qiluvchi sud hujjatlarida yoʻl qoʻyilishi mumkin (masalan, sudning maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorida). Sud tomonidan boshqa mansabdor shaxslar (organlar) oldiga xodimni intizomiy, maʼmuriy, moddiy javobgarlikka tortish masalasi qoʻyilgan hollarda, shuningdek jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi xususiy ajrimda shaxsning harakatlarida faqatgina nojoʻya xatti-harakat yoki huquqbuzarlik (jinoyat) belgilari koʻringanligini taʼkidlashga yoʻl qoʻyiladi.
10.4. Xususiy ajrim nafaqat u yoʻllangan mansabdor shaxsga (organga), balki ushbu xususiy ajrim manfaatlariga taʼsir etishi mumkin boʻlgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ham yuboriladi.
10.5. Boshqa har qanday ajrim kabi xususiy ajrim ham qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi lozim. Ushbu talabning buzilishi xususiy ajrimning bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
10.6. Sudlarning eʼtibori xususiy ajrimlar va maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorlar shaklidagi sud hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat qilinishi qonunchilikni mustahkamlash va sud hokimiyati obroʻsini oshirishning taʼsirchan vositasi ekanligiga qaratilsin. Bironta bunday sud hujjati koʻrilmasdan va qonunda belgilangan tartibda bajarilmasdan qolishi mumkin emas.
11. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1998-yil 9-apreldagi 72-sonli
qarorining 2 - 5.2, 6.2, 6.3, 6.6 - 10-bandlari;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2000-yil 28-iyuldagi 86-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.