Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan yengil avtomobillar uchun gʻildirak disklari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati va “Oʻzavtosanoat” uyushmasining Fargʻona mexanika zavodida ish unumi yiliga 1050 ming dona boʻlgan gʻildirak disklari ishlab chiqarishini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki,
gʻildirak disklari ishlab chiqarish “Fontayn” (Niderlandlar) va “Ayzenmann” (Germaniya) firmalarining ilgʻor texnologiyalari va ishlab chiqarish uskunalaridan foydalangan holda tashkil etiladi;
uskunalar montaj qilish va ishga tushirish ishlari tugallangan holda 1997-yil 31-dekabrgacha yetkazib beriladi.
4. “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyatining avtomobil gʻildiraklari disklari ishlab chiqarishiga “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi avtomobillari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi sifatida Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-noyabrdagi 509-son qarorining
6-bandi joriy etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.