toggle_night_mode
Hujjat 18.05.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 22-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1882-modda bilan toʻldirilsin:
“1882-modda. Voyaga yetmagan shaxsning koʻngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda boʻlishiga yoʻl qoʻyish
Restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa koʻngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa masʼul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz koʻrsatilgan muassasalarda boʻlishiga yoʻl qoʻyish —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “1881” raqamidan keyin “1882” raqami bilan toʻldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2010-yil 18-maydagi 97 (5012)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-may,
OʻRQ-244-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 146-modda)