1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
V.P.CHKALOV NOMIDAGI TOSHKENT AVIATSIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASINI AKSIONERLIK JAMIYATIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlari tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini davlat-aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-maydagi 257-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Belgilab qoʻyilsinki, “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
yuridik shaxs hisoblanadi hamda ochiq turdagi davlat-aksionerlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi;
V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining davlat mulki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining va boshqa aksionerlarning pul mablagʻlari hisobiga 3,43 mlrd. soʻm miqdoridagi dastlabki ustav jamgʻarmasini shakllantiradi;
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, jamiyatning taʼsis shartnomasi va ustavi asosida amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
ilgari V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tuzilgan barcha shartnomalar va qabul qilingan majburiyatlar boʻyicha javob beradi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
4. Quyidagilar “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyatining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
raqobatga bardoshli aviatsiya texnikasi va boshqa texnika yaratish va ishlab chiqarish, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni va ularning turlarini kengaytirish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
sotish bozorlarini va eksportga mahsulot yetkazib berishni kengaytirishga oid marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
innovatsiya faoliyatini amalga oshirish, moliya-sanoat guruhlari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni taʼminlovchi kooperatsiyaning boshqa shakllarini barpo etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.03 Aviatsiya]
investitsiyalarni keng jalb etish, yetakchi xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan birgalikda aviatsiya texnikasi ishlab chiqaradigan va sotadigan qoʻshma ishlab chiqarishlar tashkil etish, shu jumladan, lizing asosida.
5. V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati asosiy ishlab chiqarish sexlarining ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmasiga rozilik berilsin
V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi maʼmuriy xodimlari sonini qisqartirishga, ishlab chiqarishni boshqarishning ortiqcha tarkibiy boʻgʻinlarini tugatishga oid olib borilayotgan tayyorgarlik tadbirlari maʼqullansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 251-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 48-50-son, 487-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
bir hafta muddatda V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini aksionerlik jamiyatiga aylantirishning reja-jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda taqdim etsin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.11.00 Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida]
“V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyatiga aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqini bersin;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
mehnat jamoasining aksionerlik ulushida aksiyalarning 5 foizini tekin berishni nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent, Fargʻona, Andijon shaharlari va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda “V.I.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati balansidan:
uy-joy-kommunal boshqarmasi obyektlarini va bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarini Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Toshkent, Fargʻona va Andijon shaharlari hokimliklari balansiga berish;
yordamchi xoʻjalik (“Pomir” agrofirmasi)ni Toshkent viloyati hokimligi balansiga berish masalasini koʻrib chiqsinlar hamda balansdan balansga oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilasinlar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyatining ishlab chiqilgan Taʼsis shartnomasi va Ustavi loyihalari boʻyicha xulosalarni bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ikki hafta muddatda V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini ochiq turdagi davlat-aksionerlik jamiyatiga aylantirish boʻyicha taʼsis konferensiyasini tayyorlasinlar va oʻtkazsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 251-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 48-50-son, 487-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 251-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 48-50-son, 487-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-apreldagi 156-son qaroriga ILOVA
(3-ilovaning ustxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 251-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 48-50-son, 487-modda)
“Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati asosiy ishlab chiqarish sexini boshqarishning