Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Atoqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli-Choʻlponning oʻzbek madaniyati va adabiyoti rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi va kelajak avlodga oʻrnak boʻluvchi fuqarolik jasoratini inobatga olib hamda uning tavalludiga 100 yil toʻlishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Andijon viloyati hokimligining Andijon davlat tillar pedagogika institutiga Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli-Choʻlpon nomini berish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Andijon viloyati hokimligiga tegishli idoralar, homiylar mablagʻlari hisobidan AndDTPIda adibga yodgorlik oʻrnatish hamda institut binosini taʼmirlash va uning atrofini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish topshirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.