BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI ATROFIDA YASHIL VOHA BARPO ETISH TOʻGʻRISIDA
Neftni qayta ishlash zavodini va Qorovulbozor tuman markazini qum bosishidan muhofaza qilish hamda ushbu mintaqada ekologiya vaziyatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar]
1. Buxoro viloyati hokimligi Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga va Qorovulbozor tuman markaziga yondosh 18 ming gektar yerni ajratish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi ushbu yerlardagi avtomobil yoʻllari, novlar va sugʻorish tarmoqlari boʻylab ihota oʻrmonzorlari, manzarali ihota daraxtzorlari, kichik oʻrmonlar va koʻchatzorlar barpo etish hamda ularni parvarish qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasi tashkil etsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻrmon xoʻjaligi korxonasi tashkil etish uchun ilovaga muvofiq mablagʻ ajratsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
3. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi hisob-kitoblariga binoan, tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasini ihota oʻrmonzorlari barpo etish uchun zarur boʻlgan texnika, asbob-uskunalar va anjomlar bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
4. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasining texnika va transport vositalarini tuzatish hamda ularga servis xizmati koʻrsatish, korxonani zarur ehtiyot qismlar bilan taʼminlash yuklansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish]
5. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi buyurtmanomalariga binoan, ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasini ihota oʻrmonzorlari va manzarali ihota daraxtzorlari barpo etishga doir ishlarni bajaruvchi texnika va avtomashinalarning uzluksiz ishlashi uchun yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasi tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasiga mineral oʻgʻitlar va daraxtzorlarni himoya qilish kimyoviy vositalari ajratishni nazarda tutsinlar.
7. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi atrofida yashil voha tashkil etishni 2000-yilgacha har yili Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritishni va Davlat oʻrmon qoʻmitasiga asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 31-dekabr,
581-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-dekabrdagi 581-son qaroriga ILOVA
Qorovulbozor tumani “Neftchi” oʻrmon xoʻjaligining shtatlari jadvali