toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SIRDARYO GRESINI REKONSTRUKSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sirdaryo GRESi energobloklarining ishonchliligi va ish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining Sirdaryo GRESining 300 megavatt quvvatli oʻnta energobloklaridan ikkitasini, shu jumladan, kondensator quvurlarini tozalash tizimini rekonstruksiya qilish va blokning suvni kimyoviy tozalash qurilmasini 45,44 mln. AQSH dollaridan oshmaydigan summaga rekonstruksiya qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, loyihani mablagʻ bilan taʼminlash:
282 ming AQSH dollari summasidagi tender hujjatlari tayyorlashga oid maslahat xizmatlari — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki grantlari hisobiga;
27 800 ming AQSH dollari summasidagi texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish va ularni yigʻishga otaliq qilish — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki krediti hisobiga;
17 354 ming AQSH dollariga teng miqdordagi tayyorgarlik va qurilish ishlari — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Asosiy qarzni, uning boʻyicha foizlarni uzish, shuningdek Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kreditiga xizmat koʻrsatishga doir moliyaviy chiqimlar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tavsiyalariga muvofiq asbob-uskunalar yetkazib berish va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan tender tashkil etsin.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qarz oluvchi etib;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki krediti boʻyicha ijro etuvchi agentlik etib belgilansin.
5. Moliya vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan kredit bitimini ishlab chiqishni nihoyasiga yetkazsin.
Energegika va elektrlashtirish vaziri V.Y. Otayev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan tuzilgan mazkur kredit bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit bitimi boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tartibotlariga muvofiq muddatlarda rasmiylashtirsin.
7. Moliya vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan kredit mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va uni uzish boʻyicha agentlik bitimi tuzsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish va ularni yigʻishga otaliq qilish yuzasidan kontraktlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Sirdaryo GRESini rekonstruksiya qilish loyihasini 1998-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritsin.
11. Mazkur loyiha boʻyicha xorijiy pudratchilar va subpudratchilar loyihani amalga oshirish davrida:
soliqlar, boj poshlinalari va yigʻimlar (bojxona tartibotlarini oʻtkazish uchun boj yigʻimlaridan tashqari), jumladan, loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq qurilish uchun safarbar qilingan vositalarni olib kelganlik va qaytarib olib ketganlik uchun soliqlar va poshlinalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha kelayotgan xodimlar uchun yakka tartibdagi va guruhli viza hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun konsullik yigʻimlari;
Oʻzbekiston Respublikasidagi turar joyda roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
12. Loyihani amalga oshirish yuzasidan ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga yashash hamda respublika hududida transportning barcha turlarida yurganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligining buyurtmanomasiga koʻra loyiha boʻyicha ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda berilishini taʼminlasinlar.
14. Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi va “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, mazkur loyiha boʻyicha pudratchilar va subpudratchilarning buyurtmanomalariga koʻra kelib tushadigan asbob-uskunalar va materiallar, jumladan, qurilish uchun asbob-uskunalar va materiallarga bojxona hujjatlarini oʻz vaqtida (koʻpi bilan uch kunda) rasmiylashtirilishini va ularni belgilangan joyga hech qanday toʻsiqlarsiz yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
15. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi koʻrsatib oʻtilgan loyihani kompleks sugʻurta himoyasini taʼminlashda yordam koʻrsatsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 3-noyabr,
501-son