1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYASIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA” 2009-YIL 22-AVGUSTDAGI 245-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-aprel,
66-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 5-avgustdagi 341-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 69-modda):
“aholidan tashqari, barcha toifalardagi isteʼmolchilar uchun energiya (quvvat) yetkazib berish “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan belgilangan muddatlarda va shartnoma shartlarida nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib beriladigan elektr va issiqlik energiyasi uchun majburiy ravishda oldindan haq (avans toʻlovi) toʻlagan holda hamda oʻz vaqtida yakuniy hisob-kitob qilgan holda amalga oshiriladi”;
“5. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining elektr tarmoqlarida elektr energiyasi berishda energiya sarfi koʻrsatkichlarini buzib koʻrsatishdan himoya qilish va texnologik sarf hajmlarini aniqlash uchun isteʼmolchilarda (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) oʻrnatilgan elektr va issiqlik energiyasini hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni har oyda yozib olish, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzuvchilarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini koʻrish taʼminlansin”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda):
a) rus tilidagi matnda 2-ilovaning 1-bandidagi “Elektroenergiya” soʻzi “Elektricheskaya energiya” soʻzlari bilan almashtirilgan;
b) Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (3-ilova):
rus tilidagi matnda II bob nomidagi, 11 va 18-bandlardagi “elektroenergii” soʻzi “elektricheskoy energii” soʻzlari bilan almashtirilgan;
“10. Elektr energiyasi (quvvati)ni isteʼmolchilarga yetkazib berish tuzilgan elektr taʼminoti shartnomalari asosida, elektr energiyasi uchun tegishli tariflar boʻyicha, budjetdan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilar uchun esa — ajratilgan budjet mablagʻlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
rus tilidagi matnda “elektroenergii” soʻzi “elektricheskoy energii” soʻzlari bilan almashtirilgan;
quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Isteʼmolchining elektr energiyasi uchun qarzi mavjud boʻlgan taqdirda uning avans toʻlovlari hisobiga oʻtkazgan mablagʻlari qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi”;
“13. Elektr energiyasi uchun toʻlov maishiy isteʼmolchi tomonidan har oyning 10 sanasigacha, aholidan toʻlovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash qurilmalari mavjud boʻlgan, hisobga olish hisob-kitob priborlari oʻrnatilgan maishiy isteʼmolchilar elektr energiyasi uchun toʻlovni oldindan haq toʻlash tartibi boʻyicha amalga oshiradilar.
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan toʻlangan haq doirasida amalga oshiriladi.
14. Isteʼmolchining aybi bilan elektr energiyasi elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan hajmdan kam isteʼmol qilingan taqdirda avans sifatida toʻlangan mablagʻlar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
15. Elektr taʼminoti shartnomalarida (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) hisob-kitob davrida elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga hisob-kitob davri uchun elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha jami hajm uchun elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida jarima sanksiyalari toʻlash nazarda tutiladi.
Agar isteʼmolchining amaldagi yuklamasi yagona elektr energetikasi tizimining eng yuqori yuklamali soatlarida elektr taʼminoti shartnomasida nazarda tutilganidan 5 foizdan ortiq oshib ketsa hisob-kitob davri oxirida amaldagi yuklamaning ortib ketgan jami qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi”;
“17. Elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan elektr energiyasining tegishli hajmi uchun oldindan haq toʻlangan taqdirda nazarda tutilayotgan oʻzgarishlargacha (joriy oy tugagungacha) 10 kundan kech boʻlmagan muddatda isteʼmolchining taklifiga koʻra elektr energiyasining shartnomadagi hajmlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda elektr energiyasi kam yoki ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi.
Elektr energiyasining shartnomadagi hajmlarini kamayish tomonga oʻzgartirishlar, oldindan haq toʻlanishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi”.
“19. Alohida xavfli hamda elektr energiyasining uzib qoʻyilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan uzluksiz texnologik jarayonga ega boʻlgan sanoat korxonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq toʻlanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr taʼminotining avariya bronigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda):
“energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovni oʻz vaqtida toʻlamagan isteʼmolchilarni energiya manbaidan uzib qoʻyishga doir talablar” soʻzlari “yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovni oʻz vaqtida toʻlamagan isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatishga doir talablar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matnda “elektroenergii” soʻzi “elektricheskoy energii” soʻzlari bilan almashtirilgan;
b) rus tilidagi matnda 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “elektroenergiyu” soʻzi “elektricheskuyu energiyu” soʻzlari bilan almashtirilgan;
v) 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki:
barcha yuridik shaxslar — elektr energiyasi isteʼmolchilari isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq har oyda toʻliq hisob-kitob qilishlari shart;
hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oy tugagach qarz toʻlov muddati oʻtgan hisoblanadi va toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,1 foizi miqdorida, 1-ilovaga muvofiq elektr energiyasi yetkazib berishning maxsus tartibiga ega boʻlgan korxonalar uchun esa — 0,2 foiz miqdorida penya hisoblab yoziladi;
uy-joylar hamda turar joy va turar joy boʻlmagan fond xonalarining oldi-sotdi shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish faqat energiya, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun qarzlar toʻliq toʻlangan taqdirda amalga oshiriladi.
3. Quyidagilarga:
elektr taʼminoti shartnomalarini tuzmagan va shartnomada nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining kamida 30 foizi miqdoridagi haqni oldindan toʻlamagan;
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos boʻlgan hisobga olish hisob-kitob elektron priborlarini oʻrnatmagan;
isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan qarzi boʻlgan;
elektr energiyasini elektr taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha isteʼmol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyilsin”;
“Qarzi mavjud boʻlgan isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatib turish boʻyicha talablarga rioya etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik hududiy elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlari zimmasiga yuklansin”;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimi va energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “texnologik yoʻqotishlar” soʻzlari “uni uzatishdagi texnologik sarflar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5-banddagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Belgilab qoʻyilsinki, aholi isteʼmol qilingan elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun toʻlovni oʻz tanloviga koʻra, cheklanmagan holda, tijorat banklari muassasalari, toʻlovlarni qabul qilish kassalari, tashkilotlari va punktlarida amalga oshiradilar”;
“1. Ushbu Nizom isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan elektr energiyasi isteʼmolchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek tuman, shahar doirasida isteʼmolchilardan elektr energiyasi uchun pul mablagʻlarini yigʻish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi xususiy operatorlarga tatbiq etiladi.
Ushbu Nizomning amal qilishi maishiy isteʼmolchilar (aholi) tomonidan elektr energiyasi isteʼmol qilinishiga tatbiq etilmaydi.
2. Elektr energiyasini uni ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning aynan bir vaqtda amalga oshirilishini xarakterlovchi alohida tovar turi sifatida yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr qurilmasi bevosita hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmoqlariga ulangan isteʼmolchilar oʻrtasida tuzilgan elektr taʼminoti shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Subisteʼmolchilarning isteʼmolchi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasini yetkazib berish va isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitob qilishdagi oʻzaro munosabatlari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Qoidalar hamda ushbu Nizom bilan tartibga solinadi”;
“4. Isteʼmolchida turli tarif guruhlariga mansub boʻlgan elektr qurilmalari mavjud boʻlgan taqdirda hisob-kitoblar ularga oʻtkazilgan liniyalarda oʻrnatilgan hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari asosida, har qaysi tarif guruhi boʻyicha alohida amalga oshiriladi. Yakuniy hisob-kitob qilish hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari boʻyicha, tasdiqlangan tariflarga muvofiq, elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi”;
5 va 8-bandlardagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilot” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“6. Elektr energiyasini har oyda barcha toifalardagi isteʼmolchilarga yetkazib berish ular tomonidan elektr taʼminoti shartnomasiga binoan tegishli oy uchun yetkazib berilishi nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining kamida 30 foizi miqdorida avans toʻlovi toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.
Isteʼmolchining elektr energiyasi uchun qarzi mavjud boʻlgan taqdirda uning avans toʻlovi hisobiga oʻtkazilgan mablagʻlari qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi.
Isteʼmolchining aybi bilan elektr energiyasi elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan hajmga nisbatan kam isteʼmol qilingan taqdirda avans sifatida toʻlangan mablagʻlar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
7. Elektr energiyasi (quvvati)ning haqiqiy sarfini aniqlash uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi isteʼmolchi bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini yozib oladi. Shu bilan birga, belgilangan shakl (ushbu Nizomga 3a-ilova) boʻyicha tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hisobga olish priborlaridan yozib olingan koʻrsatkichlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan isteʼmolchi elektr energiyasi uchun toʻlashi kerak boʻlgan summalarni hisoblashda hisobga olinadi.
Elektr energiyasi va quvvati sarfi toʻgʻrisidagi hisobot (ushbu Nizomga 3-ilova) hamda elektr energiyasi (quvvati) yetkazib berish dalolatnomasi asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisoblashni amalga oshiradi va isteʼmolchiga schyot-faktura va toʻlovni toʻlash uchun schyot yozib beradi.
Isteʼmolchida turli tarif guruhlariga mansub boʻlgan bir nechta obyekt mavjud boʻlgan taqdirda har qaysi tarif guruhini koʻrsatgan holda umumiy schyot-faktura yoziladi.
Hisobga olish hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlari yozib olinmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisob-kitobni elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi miqdori boʻyicha amalga oshiradi, keyinchalik hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan isteʼmolchi bilan birgalikda aniqlangan elektr energiyasining haqiqiy isteʼmol qilingan hajmi uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Shu bilan birga, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi schyot-faktura yozib beradi va xizmat koʻrsatuvchi bank orqali belgilangan tartibda toʻlov talabnomasini taqdim etadi”;
9-bandning birinchi xatboshidagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilot” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“10. Isteʼmolchilar isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun toʻliq hisob-kitobni har oyda, elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki isteʼmolchining oʻzi yozadigan toʻlov hujjatlari boʻyicha amalga oshiradilar.
Isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun toʻlov elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan miqdorlarda va muddatlarda amalga oshirilmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatadi, ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan isteʼmolchilar bundan mustasno.
11. Hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oy tugagach qarz toʻlov muddati oʻtgan hisoblanadi va toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,1 foizi miqdorida, 1-ilovaga muvofiq elektr energiyasi yetkazib berishning maxsus tartibiga ega boʻlgan korxonalar uchun esa — 0,2 foiz miqdorida penya hisoblab yoziladi.
12. Elektr taʼminoti shartnomalarida (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) hisob-kitob qilish davrida elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga hisob-kitob davri uchun elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha jami hajm uchun elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida jarima sanksiyalari toʻlash nazarda tutiladi.
Agar isteʼmolchining amaldagi yuklamasi yagona elektr energetikasi tizimining eng yuqori yuklamali soatlarida elektr taʼminoti shartnomasida nazarda tutilganidan 5 foizdan ortiq oshib ketsa hisob-kitob davri oxirida amaldagi yuklamaning ortib ketgan jami qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi”;
13. Elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan elektr energiyasining tegishli hajmi uchun oldindan haq toʻlangan taqdirda nazarda tutilayotgan oʻzgarishlargacha (joriy oy tugagungacha) 10 kundan kech boʻlmagan muddatda isteʼmolchining taklifiga koʻra elektr energiyasining shartnomadagi hajmlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda elektr energiyasi kam yoki ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi.
Elektr energiyasining shartnomadagi hajmlarini kamayish tomonga oʻzgartirishlar, oldindan haq toʻlanishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi”;
“15. Hisoblangan davr uchun elektr energiyasi (quvvati)ning ortiqcha olingan hajmi hisobga olish priborlarining belgilangan shakldagi dalolatnoma yoki solishtirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi, u jarima miqdorini hisoblash uchun asos hisoblanadi”;
16-banddagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilot” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“18. Alohida xavfli hamda elektr energiyasining uzib qoʻyilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan, uzluksiz texnologik jarayonga ega boʻlgan sanoat korxonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq toʻlanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr taʼminotining avariya bronigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamda elektr energiyasi isteʼmolchisi tomonidan imzolangan texnologiya va avariya broni dalolatnomalari shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.
19. Quyidagilar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining isteʼmolchilar bilan oʻzaro hisob-kitob qilish sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
belgilangan tartibda aktiv va reaktiv energiya (quvvat)ni hisobga olish priborlari koʻrsatkichlariga muvofiq elektr energiyasi hisobini yuritish;
schyot-fakturalarni rasmiylashtirish;
toʻlov talabnomalarini tayyorlash, rasmiylashtirish hamda ularni yetkazib berilgan elektr energiyasi (quvvati) qiymatini va elektr energiyasi ortiqcha olinganligi uchun jarima sanksiyalarini (penyalarni) toʻlash uchun bankka taqdim etish;
aylanma vedomostni yuritish;
tovar mahsulotlar va asosiy faoliyat boʻyicha boshqa daromadlar balansini tuzish.
20. Qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati)ning haqiqiy hajmini aniqlash va hisobga olish priborlari tartib raqamlarini hamda haqiqiy isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (ushbu Nizomga 3a-ilova) koʻrsatgan holda elektr energiyasi (quvvati) yetkazib berish dalolatnomasini tuzish uchun isteʼmolchi bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni yozib oladi;
b) belgilangan shakl (ushbu Nizomga 4-ilova) boʻyicha isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun hisob-kitobni amalga oshiradi;
v) hisob-kitob qilish davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi (quvvati) uchun toʻlovni, solingan jarima sanksiyalarini, penyalarni, hujjatlar paketini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etadi;
g) isteʼmolchining hisob-kitob qilish davri mobaynida isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) toʻgʻrisidagi maʼlumotlari va isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun hisob-kitob qilish asosida aylanma vedomostni (ushbu Nizomga 5-ilova) toʻldiradi. Aylanma vedomostni qoʻlda toʻldirishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldan foydalanish lozim. Isteʼmolchining elektr energiyasi uchun toʻlov summasi mablagʻlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisob raqamiga tushishiga koʻra aylanma vedomostga yozib boriladi;
d) aylanmalarni (taqdim etish va toʻlash) va har qaysi hisob-kitob oyi uchun saldo qoldiqlarini aks ettirish uchun shaxsiy kartochka boʻyicha hisobni yuritadi.
21. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan dastlabki hujjatlar va aylanma vedomost asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi har oyda asosiy faoliyat boʻyicha (ushbu Nizomga 6-ilova), ortib boruvchi yakun bilan (chorak, yarim yil va yil uchun) “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi belgilagan muddatlarda tovar mahsulotlar va boshqa daromadlar balansini tuzadi. Asosiy faoliyat boʻyicha tovar mahsulotlar va boshqa daromadlar balansida har oyning boshi va oxiridagi aylanmalar (koʻrsatish va toʻlash) hamda saldo qoldiqlari aks ettiriladi. Balanslarning haqqoniyligi debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻlgan barcha isteʼmolchilar tomonidan solishtirish dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.
22. Har oyda, aylanma vedomost va tovar mahsulotlar hamda asosiy faoliyat boʻyicha boshqa daromadlar balansi asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi isteʼmolchilar boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (ushbu Nizomga 7-ilova) tuzadi, u hisob-kitob qilish davri uchun korxona moliya-xoʻjalik faoliyati balansining uzviy qismi hisoblanadi”;
Nizomga 1-ilovadagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovadagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 3, 4, 5, 5a, 6, 7 va 8-ilovalar Nizomga quyidagi mazmundagi 3, 3a, 4, 5, 5a, 6 va 7-ilovalar bilan almashtirilsin:
“Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
20 __ yil ______________ oyidagi elektr energiyasi va quvvati (aktiv, reaktiv)sarfi toʻgʻrisida HISOBOT
Koʻrsatkich yozib olingan sana — 20__yil “______” ________________
Hisoblagich turi (aktiv, reaktiv), hisoblagichning zavod, inventar raqami
Hisoblash koeffitsiyenti
Hisoblagich koʻrsatkichi
Hisoblagich koʻrsatkichidagi tafovut
Sarfi kVt., kVar.s
Hisobga qabul qilingan eng yuqori quvvat, kVt, kVar
tok transformatori boʻyicha (tt)
kuchlanish transformatori boʻyicha (kt)
umumiy
boshlangʻich
oxirgi
Jami
Isteʼmolchi rahbari
Korxona vakili
______________________________________
_____________________________________
F.I.O. (imzo, sana)
F.I.O. (imzo, sana)
M.Oʻ.
Isteʼmolchining bosh buxgalteri
_________________________________
F.I.O. (imzo, sana)
Bosh energetik
_____________________________
F.I.O. (imzo, sana)
Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3a-ilova
Vazirlik, idora:
XXTUT:
Isteʼmolchining nomi:
Manzil:
Bank, h/r, bankning FPM, STIR:
Telefon (faks)
20 __ yil ______________ oyidagi elektr energiyasi va quvvati (aktiv, reaktiv) yetkazib berish DALOLATNOMASI
Koʻrsatkich yozib olingan sana — 20__yil “______” ________________
Hisobga olish pribori (hisoblagich)ning zavod raqami va turi
Hisoblash koeffitsiyenti
Aktiv energiya koʻrsatkichi
Aktiv energiya koʻrsatkichidagi tafovut
Sarfi, kVt. soat
Amaldagi eng yuqori quvvati kVt
Reaktiv energiya koʻrsatkichi
Reaktiv energiya koʻrsatkichidagi tafovut
Sarfi kVar. soat
Amaldagi eng yuqori quvvati, kVAr
Izoh
tok transformatori boʻyicha (TT)
kuchlanish transformatori boʻyicha (TN)
umumiy
boshlangʻich
oxirgi
boshlangʻich
oxirgi
1
2
3
4=2x3
5
6
7=6-5
8=4x7
9
10
11
12=11-10
13=4x12
14
15
Jami
Toʻldirish tartibi:
1-ustun — hisoblagichning (zavod) raqami va turi;
2,3,4-ustunlar — tok transformatori va kuchlanish transformatori parametrlari asosida belgilanadigan hisoblash koeffitsiyenti;
5,6-ustunlar— (aktiv) elektr energiyasi hisoblagichining boshlangʻich va oxirgi (koʻrsatkich yozib olingan vaqtda) koʻrsatkichi;
7,8-ustunlar— koʻrsatkichdagi tafovutni hisoblash va har bir hisoblagich boʻyicha (aktiv) elektr energiyasi sarfi;
9 - ustun — eng koʻp energiya talab qilinadigan vaqtda hisobga qabul qilingan amaldagi aktiv quvvati (yuklamasi);
10,11- ustunlar— (reaktiv) elektr energiyasi hisoblagichining boshlangʻich va oxirgi (koʻrsatkich yozib olingan vaqtda) koʻrsatkichi;
12,13- ustunlar — koʻrsatkichdagi tafovutni hisoblash va har bir hisoblagich boʻyicha (reaktiv) elektr energiyasi sarfi;
14- ustun— hisobga olingan amaldagi reaktiv quvvati (yuklamasi);
15- ustun— izoh.
1. Korxona rahbari __________________
2. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili ___________________________
(F.I.O., imzo)
(F.I.O., imzo)
M.Oʻ.
Korxonaning elektr xoʻjaligi uchun masʼul shaxsi
____________________________________
(F.I.O., imzo)
Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 4-ILOVA
Isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun hisob-kitob
asosiy faoliyat boʻyicha tovar mahsulotlar va boshqa daromadlar BALANSI
Nomi
Davr boshidagi qoldiq
Berilgan mahsulot hajmi
Toʻlangan
Davr oxiridagi qoldiq
ming kVt. soat
debet
kredit
ming kVt. soat
summasi
ming kVt. soat
summa-si
ming kVt. soat
debet
kredit
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
1. Asosiy faoliyat boʻyicha tovar mahsulotlar sotish
Elektr energiyasi. Jami
shu jumladan:
yetkazib berilgan elektr energiyasi, shundan maishiy isteʼmolchilarga
oʻzining xoʻjalik ehtiyoji uchun foydalanilgan elektr energiyasi
2. Boshqa operatsiya daromadlari
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori boʻyicha jarimalar
reaktiv energiya (quvvat) isteʼmoli uchun chegirmalar (ustamalar)
boshqalar (penyalar)
JAMI (1+2)
Toʻldirish tartibi:
1-ustun
—
nomi;
2,3,4-ustunlar
—
davr boshidagi qarzlar qoldigʻi (ming kVt.soat, debet, kredit);
5,6-ustunlar
—
yetkazib berilgan mahsulot hajmi (ming kVt.soat, soʻm);
7,8-ustunlar
—
joriy oy uchun toʻlov summasi (ming kVt.soat, soʻm);
9,10,11-ustunlar
—
davr oxiridagi qarzlar qoldigʻi (ming kVt.soat, debet, kredit).
Balans korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 7-ILOVA
Korxona balansiga 2a-ilova
Korxona nomi ______________________________________________________
Viloyat, shahar ______________________________________________________
___________________________________________ tumani soliq inspeksiyasi
20_____yil _______________dagi holati boʻyicha
Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida MAʼLUMOTNOMA
(ming soʻm)
T/r
Vazirliklar, idoralar nomi
Qarzlar summasi, jami
Muddati oʻtgan qarzlar summasi, jami
debitorlik
kreditorlik
debitorlik
kreditorlik
1
2
3
4
5
6
shu jumladan:
3 oydan 1 yilgacha
1 yildan 3 yilgacha
3 yildan ortiq
debitorlik
kreditorlik
debitorlik
kreditorlik
debitorlik
kreditorlik
9
10
11
12
13
14
”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 108-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)