1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
LIZING FAOLIYATINI RIVOJLANTIRIShNI YaNADA RAGʻBATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlarini, xususan kichik va oʻrta biznesni zamonaviy texnologiya uskunalari bilan jihozlashda, shuningdek mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnikani sotishda lizing faoliyati rolini oshirish maqsadida:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
1. 2002-yilning 1-sentabridan boshlab:
lizing toʻlovlari — qoʻshilgan qiymat soligʻidan:
lizingga berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan texnologiya uskunalari — vakil bankning tegishli tasdigʻi mavjud boʻlgan taqdirda, bojxona toʻlovidan va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 1-sentabridan boshlab:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
lizing oladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar lizingga berilgan mulkka soliq toʻlashdan lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha ozod qilinadilar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.03 (Кучини йукотган) Chegirmalar va ziyonlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
lizing beruvchini soliqqa tortish chogʻida u lizingga berish uchun mulk xarid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa toʻlovlarning summasi uning jami daromadidan chegirib tashlanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birga amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda agar lizing oluvchi lizing shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda lizing beruvchining lizing oluvchidan lizing obyektini olib qoʻyish tartibiga oid takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi bir hafta muddatda tegishli normativ hujjatlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu Farmon matbuotda eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-avgust,
PF-3122-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 8-son, 145-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda)