toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 07.08.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISh SOHASIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRIShNING YANGI BOSQIChI TOʻGʻRISIDA” 2001 YIL 17 APRELDAGI PF–2832-SON FARMONIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmonining 4-bandiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
ikkinchi xatboshidagi “hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini” va “yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlariga (shartnomalar kim bilan tuzilganiga qarab)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “va uy-joy mulkdorlari shirkatlari — Uy-joy egalari kengashlari”, “va uy-joy mulkdorlari shirkatlarining”, “uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirilgan hududlarni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 7-avgust,
PF-3113-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 8-son, 139-modda)