1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish respublika markazini Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufiga berish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Olimpiya zaxirasi sport salohiyatini yanada rivojlantirish, sportning suv turlari boʻyicha respublika terma jamoalarini bosqichma-bosqich tayyorlashni zarur darajada tashkil etishni hamda jamoalarning 2012-yilda XXX yozgi Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli qatnashishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish Respublika markazini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufiga berish;
Toshkent shahar, Sobir Rahimov tumani, Universitet koʻchasida joylashgan Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish Respublika markazining binolari va inshootlarini Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi balansiga bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi bilan birgalikda Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish Respublika markazini, shuningdek uning binolari va inshootlarini belgilangan tartibda qabul qilish-topshirish yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirsin;
bir oy muddatda Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish Respublika markazining yangilangan ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish Respublika markazi taʼminoti xarajatlarini moliyalashtirsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish Respublika markazining markazning barcha sport obyektlaridan sifatli va zamonaviy darajada foydalanishni taʼminlaydigan yangi shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
5. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 13-sentabrdagi 453-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-fevral,
31-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 8-son, 63-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)