FUQARO AVIATSIYASINING 243-SON AVIATAʼMIRLASH ZAVODI BAZASIDA GʻARBDA ISHLAB CHIQARILGAN SAMOLYOTLARGA TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarning kengayib borayotgan parkiga texnik xizmat koʻrsatuvchi oʻz bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish boʻyicha loyiha buyurtmachisi etib “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi belgilanganligi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
loyihaning umumiy summasi 18,80 mln AQSH dollari boʻlgan hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlarni uch bosqichda, shu jumladan:
1-bosqich —1999-yil — 5,00 mln AQSH dollari;
2-bosqich — 2000-2001-yillar — 6,50 mln AQSH dollari;
3-bosqich — 2001—2003-yillar — 7,30 mln AQSH dollari miqdorida jalb qilgan holda amalga oshirilishi;
loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun buyurtmachi tomonidan Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi bazasida tashkil etilayotgan Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini jihozlash va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun “Lyuftganza Texnik” va “Gidro-Geratebau” kompaniyalari (Germaniya) bilan umumiy summasi 5,00 mln AQSH dollari boʻlgan kontraktlar tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, tuzilgan kontraktlarni birinchi bosqichda mablagʻ bilan taʼminlash quyidagicha amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
kontraktlar qiymatining 0,75 mln AQSH dollarini tashkil etadigan 15 foizi “KFW” (Germaniya) banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, shu jumladan:
“Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 0,56 mln AQSH dollari;
“Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 0,19 mln AQSH dollari;
kontraktlar qiymatining 4,25 mln AQSH dollarini tashkil etadigan 85 foizi “Germes” (Germaniya) jamiyati sugʻurta qoplamasi ostida “KFW” banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, shu jumladan:
“Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 3,17 mln AQSH dollari;
“Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 1,08 mln AQSH dollari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi bilan birgalikda loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichlarini mablagʻ bilan taʼminlash sxemasini loyihadagi quvvatlarni ishga tushirishga muvofiq muddatlarda ishlab chiqsin;
bir oy muddatda kredit bitimlarini tuzsin va birinchi bosqich boʻyicha Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodiga “KFW” banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirishni taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha uchun jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha: xorijiy bankka — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari boʻyicha va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlar berishga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan xorijiy bank uchun maqbul boʻlgan shakl boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
6. Belgilansinki, asosiy qarz, foizlar, vositachilik haqlari va kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni toʻlash kredit bitimlari shartlariga muvofiq Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi xoʻjalik faoliyati hisobiga 1 va 2-ilovalarga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-oktabr,
483-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 483-son qaroriga 1-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi bilan “Lyufganza Texnik” va “Gidro- Geratebau” (Germaniya) firmalari oʻrtasidagi kontrakt qiymatining 15 foizini toʻlash uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan “KFW” banki kreditini toʻlash prognoz jadvali
Libor+2 % (“Oʻzmilliybank”ning marjasini hisobga olgan holda)
Kreditni toʻlash muddati
—
2 yil
Majburiyat uchun vositachilik haqi
—
yillik foydaning 0,25 %
Tashkil etish uchun vositachilik haqi
—
kredit summasining 0,75 %
AQSH dollarida
Yillar
Hammasi
1999
2000
2001
2002
2003
2004
2005
2006
Asosiy qarz
0
187 500
3750 00
187 500
0
0
0
0
750 000
Foizlar
0
52 393
35 408
7 035
0
0
0
0
94 836
Vositachilik haqlari
5 781
0
0
0
0
0
0
0
5 781
Jami
57 81
239 893
410 408
194 535
0
0
0
0
850 617
Izoh: Koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan “KFW” (Germaniya) banki oʻrtasida kredit shartnomalari tuzilgandan soʻng aniqlashtiriladi va toʻlov sanasidagi Libor stavkasi darajasiga bogʻliq boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 483-son qaroriga 2-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi bilan “Lyufganza Texnik” va “Gidro- Geratebau” (Germaniya) firmalari oʻrtasidagi kontrakt qiymatining 85 foizini toʻlash uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan “KFW” bankining “Germes” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostidagi kreditini toʻlash prognoz jadvali
Libor+1% (“Oʻzmilliybank”ning 0,5 % marjasini hisobga olgan holda)
Kreditni toʻlash muddati
—
5 yil
Majburiyat uchun vositachilik haqi
—
yillik foydaning 0,25 %
Tashkil etish uchun vositachilik haqi
—
kredit summasining 0,125 %
AQSH dollarida
Toʻlov nomi
Yillar
Hammasi
1999
2000
2001
2002
2003
2004
2005
Asosiy qarz
0
0
850 000
850 000
850 000
850 000
850 000
4 250 000
Foizlar
20 721
186 488
146 398
176 462
129 600
82 696
35 275
777 640
Vositachilik haqlari
7 697
1 830
0
0
0
0
0
9 527
Jami
28 418
188 318
996 398
1 026 462
979 600
932 696
885 275
5 037 167
Izoh: Koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan “KFW” (Germaniya) banki oʻrtasida kredit shartnomalari tuzilgandan soʻng aniqlashtiriladi va toʻlov sanasidagi Libor stavkasi darajasiga bogʻliq boʻladi.