1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
OʻzbekiSton Respublikasining qonuni
Aloqa toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.13.00 Aloqaga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aloqa toʻgʻrisida”gi Qonuni aloqa tarmoqlarini tashkil qilishning umumiy huquqiy, iqtisodiy asoslarini, aloqa shoxobchalarini barpo etish va ulardan foydalanishda, aloqa xizmati koʻrsatishda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va fuqarolarning aloqa vositalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va boshqarish sohasidagi huquqlari va vazifalarini, shuningdek berilgan huquqlarni buzganlik va vazifalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
1-modda. Aloqaning vazifalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Aloqa Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik va ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi boʻlib, aholining, xoʻjalik subyektlarining, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning oʻzga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmogʻi orqali joʻnatilayotgan ashyolarni yetkazib berishga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishini taʼminlaydi.
2-modda. Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari va subyektlari
Pochta va elektr aloqa tarmoqlari — aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari boʻlib, ular pochta joʻnatmalarini qabul qilib olish, tashish va koʻrsatilgan joyga yetkazib berish, shuningdek axborotlarni elektr quvvati va elektromagnit nurlanishdan foydalanib tayyorlash, uzatish va qabul qilish vositalarining yigʻindisi hisoblanadi.
Aloqa sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek u vakolat bergan idora (Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi) tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi oʻziga boʻysunadigan aloqa vositalariga rahbarlik qiladi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan aloqa vositalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, aloqa vositalari ustidan davlat texnikaviy nazoratini amalga oshiradi, mulkchilik shaklidan, kimning tasarrufida ekanligidan qatʼi nazar aloqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalari koʻrsatayotgan xizmat sifatini tekshirib boradi.
Pochta toʻlovi belgilarini nashr etish mutlaq huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligiga tegishlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning yakka tartibdagi, jamoa, davlat va aralash shakllariga asoslangan, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar egaligida boʻlgan aholiga aloqa xizmati koʻrsatuvchi korxonalar faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Idoraviy, jamoa aloqa tarmoqlari va vositalari, alohida shaxslarga qarashli aloqa tarmoqlari va vositalari ishlab turgan umumdavlat aloqa tarmogʻiga shartnoma asosida, aloqa korxonalarining belgilab qoʻyilgan texnikaviy va texnologik talablariga rioya qilgan holda kiritilishi mumkin.
Idoraviy tarmoqlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi korxonalarining balansiga va ular tomonidan foydalanish va xizmat koʻrsatishga topshirilishi mumkin.
Davlat aloqa vositalarini rivojlantirish va qayta qurish davlat idoralarining mablagʻlari, oʻz mablagʻlari, banklarning kreditlari, jalb qilingan mablagʻlar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Boshqa aloqa vositalarini rivojlantirish, qayta qurish ularning egalari tomonidan oʻz mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Muayyan egalikdagi yer hududlari, koʻpriklar, tonnellar orqali, koʻchalardan, inshootlardan, kollektorlardan, man etilgan hududlardan, oʻrmonlardan aloqa kommunikatsiyalari oʻtkazishda bunday kommunikatsiyalarni oʻtkazish shartlari yer egalari va yerdan foydalanuvchilar hamda yuqorida qayd etilgan obyektlarning egalari bilan kelishiladi.
Inshootlar, yoʻllar, koʻpriklar va boshqa obyektlar barpo etilayotganda yoki qayta qurilayotganda aloqa tarmoqlarini qayta joylashtirish va koʻchirish ishlari qurilish buyurtmachilari tomonidan oʻz mablagʻi hisobidan va aloqa kommunikatsiyalarining egalari taqdim etgan texnik shartlarga muvofiq bajariladi.
Daha ichkarisidagi aloqa kommunikatsiyalari qurilish buyurtmachilari tomonidan loyihalanadi va barpo etiladi.
9-modda. Aloqa vositalari va tarmoqlarini muhofaza qilish zonalari
Aloqa liniyalari boʻylab, radiotelevizion uzatish stansiyalariga, radiorele liniyalariga, boshqa aloqa obyektlariga tutash yerlardan ajratib berilgan yerlar aloqa vositalari va tarmoqlarining muhofaza mintaqasini tashkil qiladi.
Elektr aloqa vositalari va tarmoqlarining saqlanishini taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
10-modda. Yozishma, telefon soʻzlashuvlari va telegraf xabarlarini sir saqlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.09 Boshqa shaxsiy huquq va erkinliklar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.06.00 Telegraf aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yozishma, telefon soʻzlashuvlari, telegraf xabarlarining sir saqlanishi qonun bilan muhofaza etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 167-moddasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasi.
Yozishmalarni ochib oʻqishga va ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan qoidalar boshqacha tarzda buzilishiga yoʻl qoʻygan aloqa xodimlari maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 143-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 167, 169—171-moddalariga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat aloqa korxonalari koʻrsatadigan xizmatlarga Oʻzbekiston Respublikasi normativ hujjatlarida belgilangan narxlar va tariflarga muvofiq haq toʻlanadi.
Aloqa vositalariga mulkchilik huquqi asosida egalik qiluvchi davlatga qarashli boʻlmagan korxonalar va tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻzlari koʻrsatgan xizmatlarga narxlar va tariflarni mustaqil ravishda belgilashlari mumkin.
12-modda. Radiochastotalarni taqsimlash va ruxsatnomalar berish
Radiochastotalarni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar oʻrtasida taqsimlash Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan xalqaro bitimlar asosida amalga oshiriladi va elektromagnit toʻlqinlarini tarqatuvchi inshootlar va vositalarni sotib olish, qurish va foydalanish uchun ruxsatnomalar beriladi, shuningdek ushbu inshootlar va vositalar ishi nazorat qilinadi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
13-modda. Aloqada xizmatga oid muomala tili, yozishmalarni joʻnatish tili hamda hisobga olish va hisobotga doir vaqt
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.07.00 Elektron pochta]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tezkor boshqaruv va dispetcherlik aloqa tizimida xizmatga oid muomala, shuningdek pochta va telegraf yozishmalarini yoʻllash “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xalqaro axborot va joʻnatmalar pochta va elektr aloqa orqali ikki tomonlama bitimlarda, shuningdek xalqaro kelishuv va bitimlarning qoidalarida belgilangan tillarda joʻnatiladi.
Maʼlumotlarni uzatishning texnologik jarayonlarida Oʻzbekiston Respublikasi hududida hisobga olish va hisobotga oid yagona vaqt — mahalliy vaqt belgilanadi.
Maʼlumotlarni uzatishning xalqaro texnologik jarayonlarida axborotlar uzatish va pochta joʻnatmalarini yuborishda hisobga olish va hisobotga oid vaqt xalqaro kelishuv va bitimlarga muvofiq belgilanadi.
14-modda. Aloqaga doir qonunlarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik
Aloqa korxonalari Oʻzbekiston Respublikasining aloqa Ustavida, xalqaro konvensiyalar va bitimlarda koʻzda tutilgan hollarda koʻrsatilayotgan xizmat sifati uchun mijozlar oldida moddiy javobgar boʻladilar.
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Oʻzbekiston Respublikasi aloqa jabhasida faoliyat koʻrsatayotgan davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar va bitimlarga muvofiq huquqiy, texnologik hamda moliyaviy munosabatlar oʻrnatadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-yanvar,
512-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 159-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)