Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining
Mehnat kodeksi 1996-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining
Mehnat kodeksi amalga kiritilgan kundan eʼtiboran mehnat toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning Kodeksga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining
Mehnat kodeksi Kodeks amalga kiritilganidan keyin, yaʼni 1996-yil 1-apreldan eʼtiboran yuzaga kelgan mehnatga oid huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Mehnat kodeksi amalga kiritilgunga qadar yuzaga kelgan mehnatga oid huquqiy munosabatlarda taraflarning huquqlari va burchlari 1996-yil 1-apreldan eʼtiboran
Mehnat kodeksiga muvofiq tartibga solinadi.
4. Muddatli mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilishning Mehnat kodeksi 99-moddasining
birinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibi va
104-moddasining qoidalari Mehnat kodeksi amalga kiritilganidan keyin, yaʼni 1996-yil 1-apreldan boshlab tuzilgan muddatli mehnat shartnomalariga nisbatan qoʻllaniladi.
5. Mehnat kodeksi 151-moddasining
ikkinchi qismida nazarda tutilgan taʼtilning eng oz muddatidan ortiqcha qismini pullik kompensatsiya bilan almashtirish 1996-yil 1-apreldan eʼtiboran oxirgi ish yilidagi va shundan keyingi yillardagi taʼtillarga nisbatan qoʻllaniladi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, tegishli qonun qabul qilingunga qadar davlat organlari xizmatchilari uchun ilgari belgilangan taʼtil muddati saqlanib qoladi.
7.
Mehnat kodeksi 1996-yil 1-apreldan keyin kelib chiqqan mehnat nizolariga tatbiq etiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini
Mehnat kodeksiga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida takliflar taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining hujjatlarini
Mehnat kodeksiga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari
Mehnat kodeksiga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning lokal hujjatlari
Mehnat kodeksiga muvofiq holga keltirishini tashkil etsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oylik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining
Mehnat kodeksi nashr etilishini taʼminlasin.