Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Transosiyo magistral avtomobil yoʻlini oʻz vaqtida foydalanishga topshirish va yoʻl-koʻprik ishlari sifatli bajarilishini hamda oʻta mustahkam konstruksiyalar va materiallar tayyorlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni tashkilotlari va korxonalari “Toshkent—Andijon—Oʻsh—Irkeshtom” avtomobil yoʻlida ishlarni bajarish hamda “Qamchiq” va “Rezak” dovon uchastkalarida tonnellar qurilishi uchun olib kelinayotgan texnika, asbob-uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar uchun, shu jumladan muruvvat va texnika yordami doirasida tekin yetkazib berilayotgan texnika, asbob-uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar uchun boj toʻlashdan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno).
2. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni texnika, asbob-uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlarning yuqorida koʻrsatilgan turlaridan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R.Yunusov zimmasiga yuklansin.