1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 6-MODDASIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 12-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi OʻRQ-982-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi 818-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda) 6-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
toʻrtinchi va beshinchi qismlar quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Vazirlarning va davlat qoʻmitalari raislarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining aʼzolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruvlarining aʼzolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;