1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
OʻQUV MASHGʻULOTLARI OʻTKAZGANLIK UCHUN MEHNATGA SOATBAY HAQ TOʻLASH MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
Xalq taʼlimi, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilishi munosabati bilan, shuningdek oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash masalalarini tartibga solish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorlari oʻzgargan taqdirda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga muvofiq qayta koʻrib chiqiladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini bir oy muddatda, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 3-ilovaning 1-bandi va 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-dekabr,
312-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 540-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)