Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Moliyalashtiruvchi institutlar va xorijiy investorlarning Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyatida nitrotsellyuloza uchun sellyuloza ishlab chiqarish loyihasining amalga oshirilishida manfaatdorligini oshirish, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 11-yanvardagi 18-son
qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mazkur loyihani mablagʻ bilan taʼminlashda ishtirok etayotgan “SNPE INJINIRING Defens” kompaniyasi (Fransiya), chet el banklari, “Kofas” eksport-kredit agentligi va chet el sugʻurta kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasida manba oldida daromad (foyda) soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatiga yuklansin.