1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 27-maydagi 112-son qarorini bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi samarali tashkil etilishini taʼminlash, uning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 16-apreldagi 166-f-son farmoyishiga muvofiq Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 471-uyda joylashgan bino (2-yotoqxona) Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2010-yilda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binoni mukammal taʼmirlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga 820 mln soʻm ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandiga quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Istisno hollarda Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin”;