“SOS — OʻZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI” UYUSHMASINING XAYRIYA FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining xayriya faoliyatini kengaytirishga koʻmaklashish, respublikaga kelayotgan, yetim bolalarni uygʻun rivojlantirishga va tarbiyalashga yoʻnaltirilayotgan begʻaraz mablagʻlardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.02 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.02.00 ga qarang)]
1. “SOS-Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi, istisno tariqasida, ish haqi fondining 7 foizi miqdorida belgilansin, ular Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilib, boʻshaydigan mablagʻlar yetim bolalar uchun xayriya faoliyatini kengaytirishga hamda “S0S-Oʻzbekiston bolalar mahallalari” va ular bilan bogʻliq loyihalarning moddiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va D.M. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.