Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikada ot sportini rivojlantirish va uning moddiy bazasini mustahkamlash, sportning milliy turlari va xalq oʻyinlarini ommaviylashtirish, shaxsning har tomonlama va uygʻun kamol topishida jismoniy tarbiya va sportning rolini oshirish, sogʻlom avlodni tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ot sporti federatsiyasining “Toshkent-Otchopari” respublika davlat ot sporti kompleksini Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda 2001-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda “Toshkent-Otchopari” respublika davlat ot sporti kompleksini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirsin.
“Toshkent-Otchopari” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketlarini joylashtirishning quyidagi tartibi belgilansin:
erkin sotishga, shu jumladan xorijiy investorga sotishga — 49 foiz.
3. Belgilansinki, “Toshkent-Otchopari” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini sotishdan tushgan mablagʻlar qurilishni tugallashga va jamiyat balansidagi binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda istisno tariqasida jamiyat ixtiyorida qoldiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda “Toshkent-Otchopari” ochiq aksiyadorlik jamiyatining taʼsis yigʻilishi oʻtkazilishini, belgilangan tartibda uning rahbar organlari shakllantirilishi va ustavi tasdiqlanishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari H.S. Karomatov va Toshkent shahar hokimi K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.