Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Andijon – Toshkent – Nukus – Qoʻngʻirot” tezyurar avtomagistrali qurilishini yoʻl-qurilish materiallari, temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalar bilan zarur darajada taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Bekobodsuvqurilishindustriya” ishlab chiqarish korxonasi hamda “Chinoz qurilish materiallari va konstruksiyalari” kombinati “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik konserni tarkibiga davlat korxonasi sifatida kiritilsin.
2. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda “Bekobodsuvqurilishindustriya” ishlab chiqarish korxonasi va “Chinoz qurilish materiallari va konstruksiyalari” kombinatining moliyaviy ahvolini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilish”)ni tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 249-son
qaroriga 3-ilovaning talablariga muvofiq ularni xususiylashtirish qismi boʻyicha takliflarni 2002-yil 1-yanvargacha kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R.Yunusov zimmasiga yuklansin.