Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglikni saqlash boʻyicha milliy strategiyasi va harakatlar rejasi toʻgʻrisida” 1998-yil 1-apreldagi 139-son
qarori ijrosini taʼminlash, “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar va qushlarning noyob va ekzotik turlari kolleksiyasini yaratish hamda jamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent hayvonot bogʻiga oʻz kolleksiyasini boyitish uchun hayvonlar va qushlarni xorijiy mamlakatlarning hayvonot bogʻlari va muassasalari bilan iqtisodiy jihatdan manfaatli ayirboshlashga, shuningdek ularni yuridik va jismoniy shaxslardan beminnat ravishda ruxsat olishga berilsin.
2.Toshkent hayvonat bogʻi hayvonlar va qushlar, ozuqa, em, vitaminlar, veterinariya va biologik preparatlarni respublika hududiga olib kirishda undiriladigan barcha turdagi bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻmalaridan tashqari) 2000-yil 1-yanvardan boshlab 5 yil muddatga istisno tariqasida ozod qilinsin.
3.Ushbu imtiyoz hisobidan tejalgan mablagʻlar Toshkent hayvonot bogʻining hayvonlar va qushlar kolleksiyalarini toʻldirish va boyitish uchun sarflanishi belgilab qoʻyilsin.