1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
PROKURATURA ORGANLARI XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlashda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishda prokuratura organlari xodimlarining faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni takomillashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
1. Mansab darajasiga ega boʻlgan prokuratura organlarining xodimlari 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
2. 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab prokuratura organlari xodimlarining ish haqi jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish hamda davlat xizmatchilarining mansab maoshlariga ustama haq (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti)ni 25 foizgacha koʻpaytirish hisobiga oʻrta hisobda 1,3 baravar oshirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
3. Prokuratura organlari xodimlarining ish haqini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
4. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-dekabr,
PF-3178-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24(60)-son, 196-modda)